Kasbiy psixologiya


O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga 
xosligi 
O‘smirlik va o‘spirinlik davrlari maktab va boshqa ta’lim maskanlarida 
o‘qish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat 
o‘quv faoliyati
bo‘lib, unda bola bilim olish bilan bog‘liq, malaka va ko‘nikmalarni orttirishdan 
tashqari, shaxs sifatida ham muhim o‘zgarishlarga yuz tutadi. 
O‘smirlik davri
eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot 
bosqichidir. Ilk o‘smirlik 11-13 yoshni, katta o‘smirlik 14 - 15 yoshlarni o‘z ichiga 
oladi. Bu davrning eng muhim hislati shundan iboratki, u bolalikdan o‘spirinlik, 
kattalikka, yoshlikdan yetuklikka o‘tish davridir. 
O‘smirlik - organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan 
xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning 
qotishi ro‘y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo‘lib, bu 
ham bola fe’lining o‘zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va 
noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatib, bola tezga achchiqlanadigan yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha 


88 
depressiya holatidan chiqolmaydigan tushkunlikda qolishi ham mumkin. 
O‘smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy balog‘at bo‘lib, 
u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini ham belgilaydi. Shu bilan bog‘liq 
xolda ongli jinsiy mayllar, shu bilan bog‘liq noxush his - kechinmalar, fikrlar 
paydo bo‘ladiki, bola ularning asl sababini ham tushunib yetolmaydi. Psixik 
taraqqiyotning o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil rivojlanib boradi, lekin bu 
rivojlanish ko‘plab qarama - qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Bu taraqqiyot o‘quv 
jarayonida kechgani uchun ham to‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv faoliyati bola 
psixikaning muvozanati va uning turli fikr - o‘ylardan chalg‘ishiga zamin yaratadi. 
Ayniqsa, diqqat, xotira, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Ayni shu davrda bola 
mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi. Chunki bu davrda u ko‘proq o‘z fikr-
o‘ylari dunyosida mushohada qilish, olam va uning sirlarini bilishga, nazariy 
bilimlarni ko‘paytirishga intiladi. Buning sababi - yana o‘sha kattalikka o‘tish 
bo‘lib, bolada o‘ziga xos «kattalik» hissi paydo bo‘lib, bu narsa uning gapirishi va 
fikrlashlarida ham ifodalanadi. Shuning uchun ham maktabda berilgan mustaqillik 
va to‘g‘ri tashkil etilgan o‘qish sharoitlari, samimiylik muhiti unda mustaqil 
fikrlashiga katta imkoniyatlar ochishi va undagi ijodiy tafakkurni rivojlantirishi 
mumkin. Shunga bog‘liq tarzda o‘smirning o‘z falsafasi, o‘z siyosati, baxt va 
muhabbat formulasi yaratiladi. Mantiqan fikrlashga o‘rganishi esa unga o‘zicha 
aqliy operatsiyalarni amalga oshirish, tushunchalar va formulalar dunyosida 
harakat qilishga majbur qiladi. Bu o‘ziga xos 
o‘smirlik egotsentrizmining
shakllanishiga - butun olam va uning qonuniyatlari unga bo‘ysunishi kerakday 
fikrning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ham aynan o‘smirlik paytida 
bolalar o‘z ota - onalari bilan hadeb tortishaveradilar. Aniq bir to‘xtamga 
kelolmasa ham tortishish biror firkni izxor qilish ehtiyojining o‘zi unga juda 
yoqadi. 
Shunday bo‘lishiga qaramay, o‘smirlik yuqorida ta’kidlanganidek, qarama - 
qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar «krizislar, tanazzullar» davri ham deb 
ataydilar. Sababi - bola ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ko‘p bo‘ladiki, u bu 
inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan, uni hal qilishga 


89 
imkoniyati, kuchi va aqli yetishmaydi. Masalan, «kattalik hissiga» to‘sqinlik 
qiladigan omillardan biri - bu ularning o‘z ota - onalaridan moddiy jihatdan 
qaramligi. Ruhan qanchalik o‘zlarini katta deb his qilmasin, o‘smir maktabga 
ketayotib, onasidan yoki otadan pul so‘raydi, ular esa bolaga bolalarcha 
munosabatda bo‘lib, ozginagina pul beradilar. Ikkinchidan, kattalarday bo‘lishni 
xohlaydi, lekin qiz bola onasining, o‘g‘il bola otasining kiyimini toshoyna oldida 
kiyib ko‘rsa, baribir yarashmaydi. Ya’ni, tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklar - hali 
qaddu-qomatning kelishmaganligi, uning ustiga yuzlari va tanasida paydo 
bo‘ladigan noxush toshmalar uning ruhan salbiy hislarni boshdan kechirishiga olib 
keladi. YA’ni, bu yoshni «arosat» yoshi deb ham atash mumkin, chunki katta 
bo‘lib katta emas, bola ham emas. Shularning barchasi o‘smirlik davridagi ruhiy 
tug‘yonlarga sabab bo‘ladi. Lekin shularga qaramay, bola o‘zi bilib - bilmay o‘z 
aqliy salohiyatini o‘stirishga intiladi, chiroyli fikrlashga tashna bo‘ladi va bu uning 
psixik taraqqiyotidagi eng muhim o‘zgarishi hisoblanadi. 
O‘smir shaxsning takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan 
biri - o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi 
boladan farqli, o‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining 
maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengqurlari 
orasida ma’lum 
ijobiy mavqeni egallash
, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun 
o‘qish motivlari ustivor bo‘lib boradi. Lekin I.V.Dubrovinaning bergan 
ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi 
bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi 
kelmaydi, o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy emotsiyalar va havotirlik hislarini 
boshdan kechiradilar (o‘rtacha 20% o‘quvchilar). Bu kattalarning o‘smir bilan 
ishlashini qiyinlashtiradi. 
O‘smirning shaxs sifatida taraqqiyotida ikki xil holat kuzatiladi: bir 
tomondan, boshqalar, tengqurlar bilan yaqinroq aloqada bo‘lishga intilish, guruh 
normalariga bo‘ysunish, ikkinchi tomondan, mustaqillikning oshishi hisobiga bola 
ichki ruhiy olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O‘zgalarni anglash bilan o‘z- 
o‘zini anglash o‘rtasida ham qarama - qarshiliklar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘smir 


90 
o‘z imkoniyatlarini yuqori baholaydi, boshqalar esa uning kuchi, irodasi va 
salohiyatiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘zini nima qilib 
bo‘lsa ham hech bo‘lmaganda tengqurlar jamiyati tomonidan tan olinishiga 
erishishga intiladi va ular bilan muloqot hayotining ma’nosiga aylanib qoladi. Agar 
mabodo o‘smir shu davrda biror sabab bilan tengqurlari jamiyati tomonidan inkor 
qilinsa, u bunga juda katta mudhish voqeaday qaraydi, maktabga bormay qo‘yishi, 
hattoki, suitsidal harakatlar (o‘z joniga qasd qilish) ni ham sodir etishi mumkin. 
O‘smirlik davridagi qiyinchiliklarni oldini olishning eng ishonchli va foydali 
yo‘li - bu uning biror narsaga turg‘un qiziqishiga erishish, faoliyat motivlarini 
mazmunliroq qilishdir. Masalan, shu davrda texnikaga qiziqib qolgan bola 
qiziqishini qondirish shart - sharoitining yaratilishi, bekor qolmasligiga erishish, 
har bir harakatini rag‘batlantirish, unga bir ish qo‘lidan keladigan odamday 
munosabatda bo‘lish katta pedagogik ahamiyatga ega. Uning qiziqishlarini bila 
turib, oldiga yangidan yangi maqsadlar qo‘yish - bola shaxsining rivojiga asosdir. 
Shundagina uning o‘z «Men»i to‘g‘risidagi tasavvurlari ijobiy, o‘z-o‘ziga bahosi 
ob’yektiv va adolatli bo‘ladi, o‘zining nimalarga qodirligi va kim ekanligi haqida 
yaxshi fikrlar paydo bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin