87
6 - bosqich (yaqinlik va yolg‘izlik) - yetuklikning boshlanishi.
7 - bosqich (umuminsoniylik va o‘ziga berilish) - yetuklik davri.
8 - bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik) - keksalik.
Erikson klassifikatsiyasining o‘ziga xos qimmati shundaki, unda shaxsning
o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlarining jamiyat ta’sirida o‘zgarishi nazarda tutiladi.
Shunga o‘xshash bosqichlarga bo‘lishlar oxirgi paytda yana ko‘plab mualliflar
tomonidan taklif etilmoqda (G.Grimm, D.Bromley va boshq.). Ularning
barchasidagi umumiy mezon shuki, har bir taraqqiyot davri shaxs rivoji uchun
nimani taklif etadi-yu, shaxs unda qanday rivojlanish ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi.
Ularni tabiiy o‘zgarishlarda bilish va o‘rganish kerak, chunki busiz shaxs
tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarga
qo‘yilgan talablar katta odamlar jamoasiga to‘g‘ri kelmaydi, yoki bog‘cha
yoshidagi bola bilan til topishish bilan talaba bilan til topish o‘ziga xos pedagogik
taktni va o‘sha yosh sohasida bilimdonlikni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: