101
40 - yillardan boshlab keng o
‘
rganila boshlandi. Muhandislik psixologiyasi
bo
‘
yicha birinchi ilmiy tadqiqot laboratoriyasi 50 - yillarda Leningrad universiteti
qoshida tashkil etilgan.
Muhandislik psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1.
Odam funksiyasini «odam-mashina» tizimida tahlil qilish, operator faoliyati
strukturasi klassifikatsiyasini o
‘
rganish;
2.
Odam-operator axborotlar almashinish jarayonlarini o
‘
rganish (odamning
axborotlarni qayta ishlash jarayonining asosiy 4 bosqichini o
‘
z ichiga oladi:
axborotni qabul qilish, qayta ishlash, qaror qabul qilish, boshqarish ta’sirini amalga
oshirish);
3.
Operator ish o
‘
rinlarini tashkil qilish prinsiplarini ishlab chiqish;
4.
«Odam-mashina» tizimi samaradorligiga psixologik omillarning ta’sirini
o
‘
rganish;
5.
«Jamoa-mashina» tizimida operatorlarni tanlash va tayyorlash prinsip va
metodlarini ishlab chiqish. (Kasb tayyorligi quyidagilarni o
‘
z ichiga oladi: kasb
ta’limi, jamoani shakllantirish, trenirovka - mashq qilish);
6.
«Jamoa-odam-mashina» tizimini muhandislik - psixologik loyihalash va
baholash;
7.
Muhandislik - psixologik ishlamalarining iqtisodiy samarasini aniqlash;
Kasb tanlashga yo‘llash kasb ta’limi psixologiyasining asosiy muammosi -
shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash, uni tayyorlash, mehnat faoliyatiga
yo‘llash masalalaridir. Bular professiografiyadan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: