108
Mavzu-8. Kasbiy faoliyatning psixodiagnostikasi. Psixodiagnostik va kasb
tanlashga doir metodlarni amaliyotga tadbiq etish.
Reja:
1.
Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlarning ishonchliligi va validligi
2.
Shaxs psixodiagnostikasi
3.
Kasbiy psixodiagnostika
Bundan oldingi sahifalarda metodlarning nuqsoni yuzasidan mulohaza yuritilgan
edi. Ulardan (foidalanishda kamchiliklar miqdorini kamaytirish uchun muayyan
qoidalarga rioya qilish lozim.
1) Baholanishga mo‘ljallangan shaxsning xususiyatlari yetarli darajada aniq va bir
xil ma’noli qilib aniqlanishi shart.
2) Agarda bir guruh sinaluvchilarni bir necha xususiyatlar, fazilatlar bo‘yicha
baholash zaruriyati vujudga kelsa, u taqdirda yaxlit guruhning har qaysi hislat
bo‘yicha baholash tavsiya qilinadi.
3) Gala - samar mohiyatini ekspert tomonidan tushuntirish va uni bartaraf qilish
zaruriyatini ta’kidlash tavsiya qilinadi.
4) Bir nechta mustaqil ekspertlar baholashini umumlashtirishda o‘lchovning
aniqlik darajasi (ishonchliligi) ortadi.
5) Maxsus tayyorlangan va o‘qigan ekspertlar
ishonchliroq baholashga
qodirdirlar.
6) Turli vaziyatlar va holatlarni uzoq muddat kuzatishda baholashning
aniqligi yuqori bo‘ladi.
O‘lchashda xato qabul qilingan omillarning farqlanishiga qarab testlar
ishonchliligini baholashga nisbatan uch xil yondashuv hukm suradi.
I. Test - restest ishonchliligi.
Test bo‘yicha ayni bir xil odamlarni takroriy o‘rganishning natijalari
korrelyasiyasi ishonchlilik koeffitsiyentiga teng. O‘lchashdagi nuqsonlar
sinaluvchilar
holatlarining tafovuti, takroriy sinovning sharoitlari va tashkiliy
109
daqiqalari, javoblarni esda olib qolish, matn bilan ishlash ko‘nikmalarini egallash
jarayonlari bilan tavsiflanadi.
II. Testning parallel shakllarining ishonchliligi. Testning parallel
shakllarining korrelyasiyasi ishonchlilik koeffitsiyentiga teng. O‘lchashdagi
nuqsonlar yuqorida ta’kidlab o‘tilganlardan
tashqari, testning parallel shakllarini
ijro etish bilan aloqador operatsiyalar va harakatlar xususiyatlaridagi farqlar bigan
tavsiflanadi.
III. Ishonchlilik testlari gomogenligi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Mazkur
holatda metodikaning qismlari o‘rtasidagi interkorrelyasiyani hisoblash vositasi
bilan ishonchlilik baholanadi, ularning har qaysisi alohida test sifatida qaraladi.
Olingan korrelyasion ma’lumotlar yaxlit testning ishonchlilik darajasini
hisoblashda aniq formulaga asoslanib foydalaniladi.
Ishonchlilikdan farqli o‘laroq, validlik testlarini
baholash bilan ularning u
yoki bu faoliyatdagi xususiyatlari va roli to‘g‘risidagi tasavvurlar o‘rtasidagi
muvofiqlik o‘lchovidir. Validlik kriteriyaviy, konseptual va ma’noviy turlarga
ajratiladi, hamda ular o‘ziga xos talqini bilan o‘zaro tafovutga egadir.
Kriteriyaviy validlik testning korrelyasion ko‘rsatkichi, alohida ko‘lami,
uning tashqi mezonlari bilan o‘lchanadi. Tashqi mezon testga bog‘liq bo‘lmagan
faoliyatning o‘lchami hisoblanadi. Kriteriyaviy validlik test baholari bilan qay
yo‘sinda faoliyat xususiyati alohida kiritganligini ko‘rsatadi. Kriteriyaviy validlik
ko‘pincha korrelyasiya koeffitsiyenti bilan baholanadi,
vaholanki boshqa
metodlardan foydalanilsa ham bo‘ladi.
Konseptual validlik test ko‘rsatkichi bilan o‘lchanayotgan xususiyat
mohiyati to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlar muvofiqligi o‘lchovi bo‘lib hisoblanadi.
Konseptual validlik biron bir statistik ko‘rsatkich bilan o‘lchanishi mumkin
emas, chunki unda test to‘g‘risidagi nazariy va empirik ma’lumotlar
umumlashmasini tahlil qilish yo‘li o‘rnatiladi. Konseptualli validlik metodikasi
test bo‘yicha tekshirish natijalari bilan nazariy bashorat ma’lumotlari
muvofiqligida tuzilgan bo‘lishi kerak. Bunga V.D.Neblitsin tomonidan taklif
110
qilingan metodika asab tizimi xususiyatini baholashga xizmat qilishi yorqin
misoldir.
Ma’noviy - validlik o‘rganilayotgan individual
hislatlar xususiyatiga
testning tarkibi va mazmunining muvofiqligi eksperimental tahlil qilish yo‘li bilan
o‘rganiladi. Validlikning mazkur turi kriteriyaviy o‘lchash
bilan jips aloqaga ega,
chunki baholanishga qaratilgan harakatlar va operatsiyalarning qat’iy xususiyatlari
umumiy hislatlari aloqasidan tashqarida olib qaraladi.
Dostları ilə paylaş: