Kasbiy psixologiya


ham foydalaniladi.  4. Kasb - hunar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va  har xil shakllarda mutaxassislar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

 
ham foydalaniladi. 
4. Kasb - hunar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va 
har xil shakllarda mutaxassislar
 
hukmiga havola qilinadi. 
Kasbiy faoliyat shaxsning munosabat va motivlaridan iborat bo‘lib, 
harakatlar va operatsiyalarni nazorat qilish hamda boshqarishni qamrab oladi. 
Faoliyatning dinamik xususiyatlarini o‘rganish uchun unga ko‘pyoqlama 


115 
yondashishni amalga oshirish zarur. Faqat motivatsion va regulyativ jabhalarni 
hisobga olish bilan kasbiy faoliyat mohiyatini tavsiflab bo‘lmaydi, modomiki 
shunday ekan, uning shaxsga oid, emotsional, kognitiv va operatsional, irodaviy 
jihatlar bilan bog‘liq tomonlarini ham tadqiqot predmetiga kiritish lozim. 
Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi mezonlar sifatida shaxsning 
maqsadga erishuvini tavsiflovchi har xil ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. 
Mezonlar tariqasida kasbiy bilim va malakalarga
 
nisbatan uquvchanlik, mutaxassis 
faoliyatining bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlari uning hamkorlik faoliyatiga 
qo‘shgan hissasi qo‘llaniladi. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati mezonlari qatoriga 
quyidagalar kiritiladi: 
1) Samaradorlikning to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish 
salmog‘i; 
2) Kasbiy tayyorgarlikni aniqlovchi testlar; 
3) Kasbiy layoqatini ifodalovchi ma’muriy tadbir va choralar: intizomga 
taalluqli choralar, mukofotlash, xizmat lavozimida ko‘tarilish, safarga yuborish, 
namuna tariqasida stendga joylashtirish; 
4) Kadrlar qo‘nimsizligi;
5) Noxush holatlar (kechinmalar) va shikastlar (halokatlar); 
6) Faoliyat samaradorligini eksperimental tekshirish va o‘zini - o‘zi baholash 
kabilar.
Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma’lum talablarga javob berishi shart. 
Mezonlarning relevantlikligi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi tushuniladi. 
Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tomonlarini aks 
ettirish lozim, ya’ni mezonlar to‘laqonliligi ta’minlanishi kerak. Ular mutaxassislar 
kasbiy layoqatining yuksakligi va quyidagi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz 
(mezonlar diskriminativligi). Mezonlar hislatini ochishga yordam beruvchi uning 
omilkorligi, ya’ni amaliy
 
jihatdan qulayligi muhim o‘rin egallaydi va u o‘zining 
soddaligi, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Kasbiy layoqatni (yarog‘lilikni) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari 
qo‘llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatni payqashligi va 


116 
boshqalar). Qo‘pincha mutaxassisning layoqati ma’muriy hujjatlarda o‘z ifodasini 
topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi). Ba’zan kasbiy 
layoqatni o‘rganishda baxtsiz hodisalar (haydovchi, uchuvchi, mashinist, operator 
boshqa kasb egalarida) hisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari 
baholanadi. 
Kasbiy layoqatni aniqlashda uquvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga 
nisbatan zehnlilik) foydalaniladi va o‘zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi, 
erishgan natijasi mezon rolini
 
o‘ynaydi. 
Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, mahoratning qirralari ekspert baholash 
metodi yordami bilan o‘lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (qo‘sh) taqqoslash, 
tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo‘llaniladi. 
Shkalaning sodda ko‘rinishi ball bilan baholashga mo‘ljallangan. Shkalani 
baholash o‘ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi 
uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta’minlaydi. 
Ba’zi hollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma, shakl, 
parametrik ko‘rinishi va hokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatni 
baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el psixologiyasida qo‘llanilib 
kelinayotgan «galo-effekt» metodikasi bunga yaqqol misoldir. Baholanuvchi bilan 
baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida umumiylikka bog‘liq 
tarzda baholanadi. Natijada shaxsning xilma-xil xususiyatlarini differensiatsiyalash 
imkoni yo‘qoladi, yuzaki baholanish jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida 
orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. 
Ammo, balli shkala baholash tizimini takomillashtirish uchun uni barcha 
bosqichlar, tarkiblardan tuzish ma’qul. Faqat shundagina yaqqol misol, namunalar 
negazida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoyon bo‘ladi. 
Jahon psixologiyasida keng qo‘llanilib kelinayotgan metodlardan biri - bu kritik 
insidentdir. Muayyan o‘lchamlarga asoslangan holda ajratilgan insidentlar tasniflanadi 
(klassifikatsiya qilinadi), ya’ni tahlil qilish orqali insident xususiyati aniqlanadi. 
Ikkinchi bosqichda (u «pretranslyasiya» deb ataladi) birinchi bosqichdagi mezonlarga 
asoslanib yangitdan tasnif qilinadi. 


117 
Kasbiy layoqatni o‘rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka 
qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga 
qarab muayyan tartibga solish, jihozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun 
kasb sub’yekti kasbiy mahoratning maksimal ko‘rsatkichini namoyish qilishi lozim. 
Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o‘tkaziladi. 
Mazkur jarayonni osonlashtirish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi: 
1)
guruhning alifboviy ro‘yxatini tuzish; 
2)
maksimal muvaffaqiyatga erishgan sub’yektlarni alohidalash; 
3)
minimal muvaffaqiyatga erishgan sub’yektlarni guruhlash va 
boshqalar. 
Tartibga solish (ranjirovka qilish) juft (qo‘sh) qiyoslash (taqqoslash) metodi 
yordami bilan amalga oshiriladi. Buning negizida ikki sub’yektning hislatlari, 
imkoniyatlari o‘zaro solishtirilib, umumiy va farqli tomonlari aniqlanadi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng davlat va jamiyat ta’lim 
olishga, kasbiy yo‘lni tanlashga, kasbga o‘qish va kasb egallashga bo‘lgan 
yoshlarning huquqlarini amalga oshirishga kafolat beradi. 
«Eng muhimi, degan edi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov, yoshlarga biror - bir mutaxassislikni egallashga imkon beramiz, 
hayotga ishonchli yo‘llanma bilan ta’minlaymiz. Agar, hayotga ishonch bilan 
qadam qo‘yayotgan yosh inson hayotda o‘z o‘rnini topa olsa, o‘z - o‘zidan 
ma’lumki, u o‘z ishidan, taqdiridan qoniqadi (I.A.Karimov Mafkura - bu xalqni, 
jamiyatni va davlatni birlashtiruvchi bayroqdir. T., O‘zbekiston, 1998 y, 21 bet)”. 
Ilmiy - amaliy nuqtai nazardan kasb tanlash, kasbiy tayyorlanish, yosh 
mutaxassisning ishga joylanishi va ishdan qoniqishi o‘qish va mehnat 
motivatsiyasining shakllanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin