Kimyo. Masala va mashqlar to


OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING MAHSULOTLARI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə49/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

10.3. OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING MAHSULOTLARI
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda mahsulotlarni aniqlash uchun ta'sirlashayotgan oksidlovchi va qaytaruvchilar, hamda ulardan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalarning oksidlanish darajalari, reaksiyada qatnashayotgan kislota, ishqor yoki boshqa oksidlanish darajasini o‘zgartirmaydigan moddalar hisobga olinadi. Agar oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida kaliy permanganat singari moddalar qatnashsa, ulardan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar (muhitga mos ravishda) e'tiborga olinadi. Reaksiya natijasida qaytaruvchining oksidlanishi tufayli oksidlanish darajasi ortadi, oksidlovchining esa qaytarilishi oqibatida oksidlanish darajasi kamayadi.
10.22. Quyidagi moddalar ta'sirlashganda qanday mahsulotlar hosil bo‘lishini aniqlab, tenglamalarga koeffitsientlar tanlang:
a) KNO2+KMnO4+H2SO4 b) KNO2+KMnO4+H2O
c) KNO2+KMnO4+KOH d) Na2SO3+KMnO4+H2SO4
e) Na2SO3+KMnO4+H2O f) Na2SO3+KMnO4+NaOH
g) KNO2+K2Cr2O7+H2SO4


10.4. OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING YONALISHI
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo‘nalishini aniqlash uchun oksidlanish-qaytarilish potensiallaridan foydalanish qulay (5-ilova). Bir moddadan (elementdan) ikkinchisiga elektronning o'tishi natijasida yuzaga keladigan potensial oksidlanish-qaytarilish potensiali deb yuritiladi. 5-ilovada ayrim oksidlanish-qaytarilish juftlarining suvdagi eritmalar uchun normal oksidlanish-qaytarilish potensiallari keltirilgan. Normal oksidlanish-qaytarilish potensiallari yordamida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo‘nalishi baholanadi. Buning uchun oksidlovchiga to‘g‘ri keladigan oksidlanish-qaytarilish juftining potensialidan qaytaruvchiga to‘g‘ri keladigan oksidlanish-qaytarilish juftining potensiali ayiriladi. Potensiallar farqi musbat bo‘lsa, reaksiya o‘ngga yo‘nalgan bo‘ladi. Aksincha, potensiallar farqi manfiy bo‘lsa, reaksiya chapga yo‘nalgan bo‘ladi. Musbat yoki manfiy qiymat qancha katta bo‘lsa, reaksiyaning u yoki bu tomonga yo‘nalganligi shuncha katta bo‘ladi.
Masalan: Fe2++MnO4-+H+Fe3++Mn2++H2O
oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida oksidlovchi tarkibiy qism  MnO4- ga MnO4-,H+/Mn2+,H2O va qaytaruvchi tarkibiy qism  Fe2+ ga Fe3+/Fe2+ juftlar to‘g‘ri keladi.
5-ilovaga ko‘ra MnO4-,H+/Mn2+,H2O juftning potensiali +1,55 V va Fe3+/Fe2+ juftning potensiali +0,771 V.
Potensiallar farqi: E=1,550,771=0,779 V. Demak, bu reaksiya o‘ngga  reaksiya mahsulotlari hosil bo‘lishi tomoniga yo‘nalgan.
10.23. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo‘nalishini aniqlang va o‘ngga yo‘nalgan reaksiyalar tenglamalariga koeffitsientlar tanlang:
a) Zn+HClZnCl2+H2; b) Zn+KOHK2ZnO2+H2;
c) Zn+HNO3Zn(NO3)2+NH4NO3+H2O;
d) FeCl2+SnCl4FeCl3+SnCl2; e) Hg+SnCl4HgCl2+SnCl2;
f) Cl2+MnSO4+K2SO4+H2OKCl+KMnO4+H2SO4;
g) KBr+K2Cr2O7+H2SO4Br2+Cr2(SO4)3+K2SO4+H2O;
h) SnSO4+J2+H2SO4Sn(SO4)2+HJ;
i) KCl+KMnO4+H2SO4Cl2+MnSO4+K2SO4+H2O;
j) CuCl2+S+H2OCuS+H2O2+HCl;
(Javob: o‘ngga  a, b ,c, g, h, i; chapga  d, e, f, j).



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin