Kimyo. Masala va mashqlar to



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə46/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

10.4. KMnO4 va K2Cr2O7 birikmalardagi Mn va Cr larning oksidlanish darajalarini toping. (Javob: +7, +6).
10.5. Quyidagi birikmalardagi xlorning oksidlanish darajalarini toping: a) HCl, b) HClO, c) KClO3, d) HClO4, e) HClO2. (Javob: a - -1; b - +1; c - +5; d - +7; e - +3).
10.6. Quyidagi birikmalardagi azotning oksidlanish darajalarini toping: a) NH3, b) NH4Cl, c) N2H4, d) (NH4) 2CO3, e) NO; f) N2O5; g) HNO2; h) HNO3. (Javob: a - -3; b - -3; c - -2; d - -3; e - +2; f - +5; g - +3; h - +5).
10.7. CO32- iondagi uglerodning oksidlanish darajasini aniqlang.
Yechish: Ion tarkibidagi elementlar oksidlanish darajalarining yig‘indisi ionning zaryadiga teng bo‘ladi, shu asosda tenglama tuzsak: x+(-2)·3=-2, x=+4.
10.8. Quyidagi ionlar tarkibidagi oltingugurtning oksidlanish darajalarini aniqlang: a) SO42- b) SO32-; c) S2O32-; d) S2O42-; e) S2O72-; f) HSO4-; g) HS2O7-; h) S4O62-; i) S2O52-.
(Javob: a- +6; b- +4; c- +2; d- +3; e- +6; f- +6; g- +6; h- +2,5; i - 4).
10.9. Quyidagi birikma tarkibiga kiradigan uglerod atomlarining oksidlanish darajalarini aniqlang:
CH3-CH2-CH2-CH3.
Yechish: CH3-CH2-CH2-CH3 birikma tarkibidagi har bir struktur birlikdagi elementlar oksidlanish darajalarini topish uchun shu struktur birlikning umumiy zaryadi nol deb olinadi. Bunda uglerodning oksidlanish darajalari:
C-3H3-C-2H2-C-2H2-C-3H3
bo‘ladi.
10.10. Quyidagi birikma tarkibiga kiradigan uglerod atomlarining oksidlanish darajalarini aniqlang:
a) CH2O; b) H2C2O4; c) CH4; d) C2H6; e) CH3-CH2-CH3; f) CH3-CH(CH3)-CH3; g) CH3-CH2-OH; h) CH3-CH2-CHO;
i) CH3-COOH.
(Javob: a- 0; b- +3; c- -4; d- -3; e- -3, -2, -3; f- -3, -1(-3), -3; g- -3, -1; h- -3,-2, +1; i - -3, +3).
10.11. Berilgan moddalardan qaysilari 1) faqat oksidlovchi, 2) faqat qaytaruvchi va 3) ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi bo‘la oladi?
a) Ammiak, b) nitrat kislota, c) nitrit kislota, d) azot (IV)oksid, e) azot (V)oksid, f) vodorod sulfid, g) xrom (III) xlorid, h) temir (II) xlorid, i) sulfit kislota, j) vodorod peroksid, k) sulfat kislota, l) marganets (II) xlorid, m) marganets (IV)oksid, n) kaliy dixromat, o) kaliy manganat, p) kaliy permanganat, q) qalay (II) xlorid, r) mis (I)oksid, s) mis (II) xlorid, t) uglerod (II)oksid, u) temir, x) oltingugurt, y) metan. (Javob: 1- b, e, k, n, p, s; 2- a, f, u, y; 3- c, d, g, h, i, j, l, m, o, q, r, t, x).



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin