Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə4/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#44646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Лаборатория ЕСТЖ

Modda

lar

1-toifasuvhavzasi

2-toifasuvhavzasi

Zararliko`rsatkichlarnichegararlash

(ZKCH)


RECHK, mg/m3

Zararliko`rsatkichlarnichegararlash

(ZKCH)


RECHK, mg/m3

Benzol

Sanitariya-toksikologik

0,5

Toksikologik

0,5

Fenollar

Organoleptik

0,001

Baliqchilikxo`jaligi

0,001

Benzin, kerosin

Organoleptik

0,1

Baliqchilikxo`jaligi

0,05

Sd2+

Sanitariya-toksikologik

0,001

Toksikologik

0,005

Cu2+

Ogranoleptik

1

Toksikologik

0.005

Zn2+

Umumsanitariya

1

Toksikologik

0,001

Sianidlar

Sanitariya-toksikologik

0,1

Toksikologik

0,05

Cr6+

Organoleptik

0,1

----

0

Yer yuzidagi suvlarni ifloslanishlardan muhofazalash maqsadida “Sanitariya me`yorlari va qoidalari” oqova suvlarni suv havzalariga to`kishni (quyishni) ta`qiqlaydi.


Suvtarkibidagiquruqcho`kma (qoldiqlar) nianiqlash
Quruq qoldiq (cho`kma) ning miqdori suvda eriydigan, uchmaydigan mineral va qisman organik moddalarning umumiy miqdorini tavsiflaydi va suvning organoleptik ko`rsatkichlariga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Davlat standarti - 2874-82 ga asosan, suvning tarkibidagi tuzlarning umumiy miqdori 1000 mg/sm3 dan yuqori bo`lmasligi kerak. Ayrim hollarda, Sanitariya va Epidemiologiya organlarining ruxsati bilan, quruq qoldig’i 1500 mg/dm3 gacha bo`lgan suvdan foydalanishga ruxsat etiladi. Suv tarkibida quruq qoldiq 1000 mg/dm3 gacha bo`lsa, u ichimlik suvi, 1000 mg/dm3 dan yuqori bo`lsa, minerallashtirilgan suv deyiladi.

Bu ko`rsatkichlarni gigienik qiymatlari quyidagicha: suv tarkibida yuqori miqdorda mineral tuzlarning bo`lishi, uni ichishga yaroqsizligini bildiradi, chunki is`temol qilinganda suvning tuzli yoki achchiq, sho`r ta`mi organizmda noqulay fiziologik o`zgarishlarni vujudga keltiradi. Suvning issiq ob-havoda qizishiga imkoniyat yaratadi, organizmni chanqash holatiga olib keladi, oshqozon sekresiyasining o`zgarishini va boshqalarni vujudga keltiradi. Suvning kuchsiz minerallanishi (50-100 mg/dm3 dan past) suvga yoqimsiz ta`m beradi, uning tarkibida kam miqdorda mikroelementlarning saqlanishiga olib keladi va organizmda noqulay fiziologik o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Soda qo`shmasdan suv tarkibidagi quruq qoldiq (cho`kma) miqdorini aniqlash


  1. Chinniidisho`zgarmasmassagachatermoshkafda 1000 C daquritiladi.

  2. Pipetkayordamida 250-500 sm3 suvo`lchanib, filtrlanib, quritilganchinniidishgasolinadi.

  3. Idishdagi suv quritish shkafiga joylashtiriladi va u bug’lantirib, o`zgarmasmassagachaquritiladi.

Chinni idish tagidagi quruq qoldiq (cho`kma)ning miqdori quyidagi formulabilananiqlanadi (mg/dm3):

bu yerda a –quruqqoldiqcho`kmalichinniidishningmassasi, mg;

v– quritilganchinniidishningmassasi, mg;

1000 – desimetrkubgaaylantirishkoeffisenti;

V- tekshirishuchunolingansuvninghajmi, sm3.
Sodaqo`shishyo`libilanquruqqoldiq miqdorini aniqlash


  1. Chinniidisho`zgarmasmassagachatermoshkafda 1500 Cdaquritiladi.

  2. Pipetkayordamida 250-500 sm3 suvo`lchanib, filtrlanib, quritilganchinni

idishgasolinadi.

  1. Suvgapipetkayordamida 25 sm3 1% lisoda eritmasisolinadivaushisha

tayoqcha bilanaralashtiriladi.

  1. Tayoqcha distillangan suv bilan yuviladi va yuvilgansuvhamcho`kmali

chinniidishdayig’iladi.

  1. Cho`kmalisuv 1500 Charoratda o`zgarmasmassahosilbo`lguncha

quritiladi.

Suv hajmi bo`yicha olingan quruq qoldiq (cho`kma) ning miqdori quruq qoldiq (cho`kma) li idish massasi bilan bo`sh idish va soda massasi yig’indisi o`rtasidagi farq orqali aniqlanadi (1sm3 1% eritmada 10 mg Na2 CO3bo`ladi)

Quruqqoldiq (cho`kma) miqdori quyidagiformulabilan hisoblanadi (mg/dm3):

bu yerdaa – quruqqoldiq (cho`kma) liidishningmassasi, kg;



b – tozaidishningmassasi, mg;

s - qo`shilgansodaningmassasi, mg;

1000 – desimetrkubgaaylantirishkoeffisienti;

V – tekshirishuchunolingansuvninghajmi, sm3
Suvning qattiqligi suvda erigan uglerodli, oltingugurtli, xlorovodorodli, fosforli, azotli, kislotali, asosan kalsiyli va magniyli tuzlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda suvning qattiqligi uning tarkibidagi kaliy, natriy, temir (II), marganes (II), alyuminiy tuzlarining mavjudligi bilanham tavsiflanadi.

Amalda qattiqlik 3 xil bo`ladi: umumiy, tuzatiladigan vadoimiy.



Umumiy qattiqlik – bu xom suvning qattiqligi bo`lib, u qanday anionlar bilan birikkan bo`lishidan qat`iy nazar, kalsiy va magniyning barcha birikmalari bilan ifodalanadi.

Doimiy qattiqlik – bu bir soat qaynatishdan keyingi suvning qattiqligini, u sulfatli va xlorid kalsiyli, temirli, magniyli, kaliyli, natriyli tuzlar miqdorini, ya`ni suv qaynatilganda, cho`kmaga tushmaydigan tuzlarning mavjudligini ifodalaydi.

Tuzatiladigan qattiqlik – suvdagi gidrokarbonat Ca(NSO3)2 ning, kam miqdordagi magniy tuzlarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Suvqaynatilganda, tuzlaridishningdevorlarigaquyqako`rinishidacho`kadi.

Davlat Standarti 2874-82 ga asosan, suvning umumiy qattiqligi ichimlik suvida 7 mg –ekv/dm3 dan yuqori bo`lmasligi kerak.

Sanitariya va epedemiologiya organlari bilan qabul qilingan kelishuvga asosan, maxsus ishlov berilmay quvurlarga uzatiladigan suvlarda tuzlarning miqdori 10 mg.ekv/dm3 gacha bo`lishiga ruxsat etiladi. Juda qattiq suv yoqimsiz ta`mga ega bo`lib, u buyrak toshi kasalligini rivojlantiradi.

Suvning umumiy qattiqligi kalsiy va magniy ionlari bilan N trilon B eritmasining mustahkam kompleks birikmalarini vujudga keltirishiga asoslangan kompleksonometrik usulida aniqlanadi.


Suvningumumiyqattiqliginikompleksonometrikusulbilananiqlash
Loyqasuvningqattiqliginianiqlashdanoldin, unifiltrlashkerak. Sig’imi 250 sm3 bo`lgan konusli kolbaga tekshirilayotgan 100 sm3 filtrlangan suv va 100 sm3 hajmda distilllangan suv aralashtirib solinadi. So`ngra 5 sm3 buferli eritma, 5-7 tomchi indikatorqo`shiladi, 0.005 NtrilonB eritmasi eritmaningrangio`zgargunchakuchlichayqaltirib 3 martatitralanadi. Titrash “guvoh” ning ishtirokida olib boriladi.

Agar titrlashda 0,005 N trilon B eritmasi 10 sm3 dan ko`p sarflangan bo`lsa, unda aniqlashni qayta takrorlash lozim bo`ladi Buning uchun kichik hajmda suv olib, unga distillangan suv qo`shib, hajmi 100sm3 gacha yetkaziladi.

Ekvivalentnuqtadarangninganiqo`zgarmasligiuningtarkibidamisvaruxborliginiko`rsatadi. Ularning ta`sirini tuzatishuchuntitrlashdanoldinsuvga 1-2 sm3 natriysulfit eritmasiqo`shiladi, undankeyinaniqlasho`tkaziladi. Agar titrlanayotgan eritma sekin – asta ranglansa, bu unda marganes ishtirok etayotganini ko`rsatadi. Bunday holatda namuna suvga reaktivlarni qo`shishdan oldin, 1% gidroxlorid gidroksialindan 5 tomchi qo`shish va shundan keyin uning qattiqligini aniqlash kerak.

Agar titrlashda rang uzoq o`zgarmasa va u noaniq va yomon ifodalansa, bu suvning yuqori ishqorli ekanligini ko`rsatadi. Bu holda suvning qattiqligini aniqlashdan oldin suvga bir necha tomchi 0,1 N xlor vodordli kislota eritmasini qo`shish kerak, bu eritmani neytrallash uchun uni qaynatish yoki 5 minut vaqt davomida havo bilan puflash kerak.

Suvningumumiyqattiqligiquyidagiformulabilananiqlanadi (mmol’/dm2):



bu yerdak – trilonB eritmasiningme`yorlashgamoslashkoeffisienti;

0,005 – trilonB eritmasiningme`yori (normasi);

n – titrashgao`tgan 0,005 hajmdaNtrilonB eritmasi, sm3;


  1. - desimetrkubgaaylantirishkoeffisienti;

V - tadqiq etishuchunolingansuvninghajmi, sm3

Sinov savollari

  1. Tajriba ishini bajarish tartibini tushuntiring.

  2. Suv havzalari qaysi toifalarga bo`linadi?

  3. Oqova suvga ta`rif bering.

  4. Ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK) deganda, siz nimani tushunasiz?

  5. Suvning zarali ko`rsatkichlarini chegaralash (ZKCH)ning necha xili bor?

  6. Suvda umumiy tuzlarning qoldig’i necha mg/sm3ni tashkil etganda, undan foydalanishga ruxsat beriladi?

  7. Suvning qattiqligi necha xil bo`ladi va u nimani ifodalaydi?

  8. Ichimlik suvida va quvurlar yordamida uzatiladigan suvlarning qattiqligi qancha bo`lishi kerak?


Tajriba ishi 2
Suvni xlorlash

Mashg’ulotning maqsadi:

1. Xlorliohaktarkibidagifaolxlormiqdorinianiqlash.

2 Suvninganiqhajmiuchunkeraklixlorliohak eritmasimiqdorinianiqlash.

3. Xlorlangansuvnixlorsizlantirishniamalgaoshirish.



Nazariy ma`lumotlar

Suvni tindirish, koagulyatsiyalash va filtrlash yo`li bilan uni turli mikro organizmlardan, shu jumladan, patog’en mikroblardan, to`liq tozalash nihoyatda qiyin. Shuning uchun ichimlik suvini qaynatish, UB- nurlari, ul’tratovush, nurlari bilan qayta ishlash, ozonlashtirish, xlorlash va boshqa usullar yordamida zararsizlantirish amalga oshiriladi.

Ko`pinchasuvnixlorlashusulidanqo`llaniladi. Gazsimon xlorni ohakli sut orqali o`tkazish yo`li bilan xlorli ohak hosil qilinadi.

Suvni ifloslanish darajasiga qarab, faol xlorning miqdori 0,5 dan 25mg/lgacha va undan ham yuqori bo`lishi mumkin. Suvning xlorga bo`lgan ehtiyoji, mikro organizmlarning mavjudligi va suvni zararsizlanish tezligiga qarab aniqlanadi. Suvga faol xlorning ta`sir etish vaqti 15-20 daqiqadan 1-2 soatgacha vaundanhamyuqoribo`lishimumkin. Xlorli ohakning faol qismi kaltsiy gipoxlorid hisoblanadi. U suv bilan o`zaro ta`sir qilinganda parchalanib, HCLO kislotani hosil qiladi. Bukislotaxlorvakislorodgaparchalanadivanatijadasterillashjarayonisodirbo`ladi.

Tarkibidagi uglerod qo`shoksidi, namlik, nur va yuqori haroratlar ta`sirida xlorli havo faol xlorni yo`qotadi va uning dezinfektsiyalash xususiyati keskin pasayadi. Shuninguchunsuvnixlorlashdanoldinohaktarkibidagifaolxlormiqdorinibilishkerak.

Yaxshi xlorli ohaklarda faol xlorning miqdori 32-35% ni tashkil etishi mumkin. Xlorning ohak tarkibidagi faol miqdori 20% dan kam bo`lsa, unda bu xlorli ohak suvni zararsizlantirish uchun qo`llanilmaydi.



Xlorliohaktarkibidagifaolxlormiqdorinianiqlash

Bu usul eritmada xlor kislotaning mavjudligidan foydalanib, giposulfat yordamida titrlash usuli bilan yodli kaliydan, erkin yod ekvivalenti miqdorini siqib chiqarishga asolangan.

Reaktivlar:

1. 1% li xlorli ohak eritmasi (chinni idishga 1 g xlorli ohak o`lchab solinadi, unga 10-15 ml distillangan suvdan qo`shiladi va bo`tqali massa hosil bo`lguncha yaxshilab ezib, aralashtiriladi va massa o`lchamli stakanga solinadi. Idish distillangan suvning kichik portsiyalari bilan yuviladi va suv hajmi 100 mlgacha etkaziladi);

2. 25% -li sulfat kislota eritmasi;

3. 5 % -li yodli kaliy eritmasi;

4. 1 %-li kraxmal eritmasi;

5. giposulfatning 0,01 normal eritmasi;

6. titrash uchun kolba;

7. bakteriyalari bilan birga shtativ.



Mashg’ulotni o`tkazish tartibi

Hajmi 250 mlni tashkil etgan kolbaga 50 ml distillangan suv solinadi va unga 1 %- li ohak eritmasidan 2 ml, 25% li sulfat kislota eritmasidan 1 ml, 5% -li yodli kaliy eritmasidan 5 ml va 1 %-li kraxmal eritmasidan 1 ml qo`shiladi. Ajratib chiqayotgan yodkraxmal bilan aralashib, ko`k rang beradi. Qorishma rangsiz holatga kelgancha u giposulfatning 0,01 li normal eritmasi bilan titrlanadi.

Faol xlorning miqdori (X, % larda) quyidagi formula bilan hisoblanadi:

bu yerda - titrlashga sarflangan giposul’fitning mldagi miqdori;

2 – mashg’ulot uchun olingan ohak eritmasining mldagi miqdori;

0,355 – 1 ml giposulfit eritmasi bilan birikkan faol xlorning mgdagi miqdori;

10 – mglarda berilgan faol xlor miqdorini % ga aylantiruvchi

ko`paytma.


Masalan, 1 % lixlorli ohakning 2 ml eritmasini titrlash uchun 16, 8 ml giposulfatning 0,01 normal eritmasi sarflangan. Faol xlorning miqdori (X) quyidagiga teng bo`ladi:

X = (16,8*0,355*10)/2 = 29,8 %

Berilgan suv hajmi uchun xlorli ohak eritmasining kerakli

miqdorini aniqlash

Mahalliy sharoitlarda suvni xlorlash uchun xlorli ohak eritmasining kerakli miqdori quyidagi sodda usulda aniqlanadi.

100 ml sig’imli kolbalarga tadqiq qilinadigan suv solinadi. Sungra 1 % li xlorli ohak eritmasi birinchi kolbaga – 0,5 ml, ikkinchisiga – 0,6 ml, uchinchisiga – 0,7 ml va to`rtinchisiga 0,8 ml qo`shiladi, eritma aralashtiriladi va 1,5 – 2 soatgacha, xlor bilan ta`sirlanishi uchun erkin qo`yiladi. So`ngra har bir kolbaga 5 tomchidan 25 % li sulfat kislotadan, 5 tomchidan kraxmal eritmasidan, 3 tomchidan yodli kaliydan qo`shiladi va ular shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi.

To`rtalakolbabalardagisuvlarningrangiharxilbo`ladi. Faolxlororganikmoddalarningoksidlanishigato`liksarflangankolbadagisuvrangsizbo`ladi. Xlor qoldiqlari bo`lgan kolbalardagi suvlar esa ko`kranga bo`yaladi. Keraklimiqdordaxlorsolingankolbadagisuvningrangimoviybo`ladi.

Masalan, 1 % li xlorli ohak eritmasidan 6 ml qo`shilgan kolbadagi suvning moviyrangga kirishi, 1 l suvni zararsizlantirish uchun 1 % li xlorli ohak eritmasidan 6 ml qo`shish kerakligini bildiradi.

Quduq, suv havzasi, sisternadagi suv miqdori ma`lum bo`lsa, ularga qo`shilishi kerak bo`ladigan xlorli ohak eritmasi yoki faol xlorning milligrammlardagi miqdorini hisoblab chiqish mumkin.



Suvni xlorsizlantirish

Xlorning yuqori miqdorlariga ega bo`lgan suvlarni zararsizlantirish (xlorni pasaytirish) kerak. Suv giposulfat yordamida xlorsizlantiriladi. Bu ishni amalga oshirgandan keyin suvda qolgan xlorning miqdori 0,3 – 0,5 mg/l atrofida bo`lishi kerak.

Xlorlangansuvhidsizvaxlorta`minibermasligikerak.

Ishni bajarish tartibi

Kolbaga 0,5 l xlorlangan suv solib, unga 5 % li yodli kaliy eritmasidan 1 ml, 1 % li kraxmaldan 1 ml qo`shiladi va giposul’fitning 0,01 normal eritmasida, ko`k rang yo’qolguncha titrlanadi. Bu ish uchun kerakli giposul’fit miqdori quyidagicha hisoblab topiladi:



X = [( *2*0,355)-0,5]/(0,355*2,48)

bu yerda X – tekshirilayotgan xlorlangan suvdagi ortiqcha xlorni xlorsizlantirish uchun giposul’fitning kerakli miqdori (mg);

- 0,5 l suvda ortiqcha xlorni titrlash uchun giposulfitning kerakli miqdori (ml);

2,48 – ml 0,01 linormal eritmadagigiposulfitningmiqdori (mg);

0,5 – faolxlorning 1 lsuvdagiruxsat etilganmiqdori (mg).

Olingannatijalar 10-jadvalgayoziladi:



Suvnamunalari

Faolxlorning

Miqdori


Xlorliohak

eritmasiningmiqdori



Xlorsizlantirilgansuvningmiqdori

1





















N










Sinov savollari

  1. Suvni xlorlashdan maqsad nima?

  2. Suvni xlorsizlantirishdan maqsad nima?

  3. Suvda faol xlorning miqdori necha foizbo`lishi mumkin?

  4. Suvdagi faol xlorning miqdori qanday hsoblanadi?




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin