Kirish. Asosiy qism. Zamonaviy pedago`gik texnologiyalarning ta`limdagi ahamiyati



Yüklə 170,4 Kb.
səhifə6/26
tarix13.06.2023
ölçüsü170,4 Kb.
#129649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
9-sinflarda-ishqoriy-yer-metallari-mavzusini-oqitishda-zamonaviy-pedagogik-texno (1)

Texnologiyaning tavsifi: Bu texnologiya murakkab,ko’p tarmoqli,mumkin qadar muammoli mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yola mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama qilinadi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Texnolgiyaning maqsadi: O’quvchilarni erkin, mustaqi, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga,fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o’quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir etishga, uni ma’qullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishga o’rgatish.
Texnologiyani qo’llanilishi: Ma’ruza darslarida(imkoniyat va sharoit bo’lsa), semenar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka (yoki kichik guruhlar ajratilgan tartibda o’tkazish, shuningdek uyga vazifa berishda ham qo’llash mumkin.
Mashg’ulotda foydalanadigan vositalar: A-4formatdagi qog’ozlarida (guruh soniga qarab) tayyorlangan tarqatma materiallar, flomaster yoki rangli qalamlar.
Mashg’ulotlar o’tkazish tartibi:

  • O’qituvchi o’quvchilarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi.
  • O’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotning maqsadi va o’tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi va har bir kichik guruhga qog’ozning yuqori qismida yozuvi bo’lgan, ya’ni asosiy muammo, undan ajratilgan o’quv muammolari va ularni yechish yo’llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarni tarqatadi.



  • Har bir guruh a’zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, o’z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar.

  • Kichik guruh a’zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan taqdimot etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o’qib eshittiriladi, lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi.

  • O’qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so’rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so’ng taqdimot guruhi o’z xulosasi bilan tanishtiradi;

  • O’qituvchi guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izoh berib, ularni baholaydi, so’ngra mashg’ulotni yakunlaydi.


Yüklə 170,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin