Kirish. Asosiy qism. Zamonaviy pedago`gik texnologiyalarning ta`limdagi ahamiyati



Yüklə 170,4 Kb.
səhifə5/26
tarix13.06.2023
ölçüsü170,4 Kb.
#129649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
9-sinflarda-ishqoriy-yer-metallari-mavzusini-oqitishda-zamonaviy-pedagogik-texno (1)

"Bumerang” texnologiyasi
Texnologiyaning qo`llanilishi.
Amaliy mashg`ulotlar, seminar yoki laboratoriya mashg`ulotlari, hamda, suhbat – munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin.
Mashg`ulotda foydalaniladigan vositalar:
O`quvchi dars jarayonida mustaqil o`qishlari, o`rganishlari va o`zlashtirib olishlari uchun mo`ljallangan tarqatma materiallar (o`tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo`yicha qisqa matnlar, suratlar va ma`lumotlar.)
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi: Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o`tkaziladi;

  • o`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
  • o`quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi.


  • O`quvchilarga mustaqil o`rganish uchun mavzu bo`yicha matnlar tarqatiladi;


  • Berilgan matnlar o`quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o`rganiladi;


  • Har bir guruh a`zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;


  • Yangi guruh a`zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o`rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya`ni bir – birlariga so`zlab beradilar, matnni o`zlashtirib erishadilar;


  • Berilgan ma`lumotlarni o`zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o`tkaziladi, yani guruh a`zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;


  • Yangi guruh a`zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;


  • Darsning qolgan jarayonida o`quvchilar bilimlarini baholash yoki to`plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;


  • O`quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o`zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o`qituvchi (yoki opponent guruh) o`quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og`zaki so'rov o`tkazadilar;


  • Savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to`plagan umumiy ballari aniqlanadi;


  • Har bir guruh a`zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog`lagan holda bittadan savol tuziladi;


  • Guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol javob tashkil etiladi;


  • Guruh a`zolari tomonidan to`plangan umumiy ballar yig`indisi aniqlanadi va guruh a`zolari o`rtasida teng taqsimlanadi.



Izoh: O`qituvchi darsni shu tartibda tugatishi yoki o`quv materialini o`quvchilar tomonidan yakka tartibda qanday o`zlashtirilganini yana bir bor o`z-o`ziga baho berish tartibida nazorat qilish uchun “Charxpalak” texnologiyasidan foydalangan holda, o`qilgan va o`zlashtirilgan matnlar asosida tayyorlangan tarqatma materiallarni o`quvchilarga tarqatib, o`z bilimlarini tekshirib olishga imkoniyat yaratishi mumkin.
Rezyume” texnologiyasi.

Yüklə 170,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin