Kirish Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va turkumlanishi


Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va turkumlanishi



Yüklə 23,15 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü23,15 Kb.
#187004
1   2
iqtisodiy extiyojlar tushunchasi iqtisodiy ne\'matlar tushunchachi

Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va turkumlanishi
Iqtisodiyot asoslarini, uning amal qilish qoida va tamoyillarini o‘rganish, iqtisodiy muammolarni hal etish eng avvalo ehtiyoj tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki, birinchidan, inson hayotiga turli ehtiyojlarning paydo bo‘lishi va qondirilishi jarayoni sifatida qarash mumkin. Ikkinchidan esa, iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi orqali namoyon bo‘ladi.
Ehtiyojlar turli-tuman bo‘lib, ularni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy va boshqa turdagi ehtiyojlarga ajratish mumkin. Ular orasida kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlarning asosiy jihati – ularni qondirish uchun iqtisodiy faoliyat yoki ijtimoiy ishlab chiqarishning taqozo etilishidir. O‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar – bu kishilarning o‘z hayotiy faoliyatlarini ta’minlashda qo‘llaniluvchi moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir.
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini ham o‘z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi.
Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog‘liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo‘ladi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor iqtisodiyoti yoki kapitalistik tartiblar asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;
d) tabiiy-geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar. Masalan, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.
e) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar ham ehtiyojlarga ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
f) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga olib keladi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq qilib, yengil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan iboratki, murakkab, og‘ir va yengil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi iqtisodiy qonunda o‘z ifodasini topadi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o‘rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan, kompyuter bir mamlakatda paydo bo‘lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va manbalar tushuniladi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi va minimallashuvi.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishni taqozo qiladi.
Jamiyatning tuzilishi qanday bo`lishidan kat'i nazar uning a'zolari o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning qondirilishini talab etadi.
Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko`p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, siyosiy, ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning orasida eng ustuvor ahamiyatga ega bo`lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir.
Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka tartibda bo`ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi.
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo`lsada, birgalikda qondirilishi mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu esa ma'lum guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz mumkin.
Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bo`lsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy resurslarni avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni boshqarib turish va boshqalar.
Jamiyatdagi ehtiyojlar o`zining turidan qat'i nazar, ularning mavjud bo`lishi, qondirilishi va o`sishi bir kancha omillarga bog`liq bo`ladi, ya'ni :
jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga;
jamiyatning sotsial- iqtisodiy tuzumiga ;
hayot kechirishning tabiiy-jug`rofiy sharoitiga ;
tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan bog`lanib ketishiga.
Agar iqtisodiyot qoloq bo`lsa ehtiyojlar doirasi tor bo`ladi, aksincha, iqtisod yuksak bo`lsa, ehtiyoj keng va xilma xil bo`ladi.
Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bog`liq. Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambag`allarga ajralgan bo`lsa yoki jamiyatda ijtimoiy tenglik bo`lib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini o`rtacha mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil bo`ladi. Demak, inson ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud. Ehtiyojlar xilma-xilligi boisi insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga o`xshamaydi.
Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni guruhlarga bo`lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo`linadi.
moddiy ehtiyojlar;
sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ;
mehnat ehtiyoji.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo`lib, oziq - ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iboratdir. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.
Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, o`qituvchi, vrach, san'at arbobi xizmatlaridan iborat bo`lib, ular ma'lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy ko`rinishi yo`q.
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne'matlar yaratib bo`lmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir. Mehnat ehtiyoji insonni o`zida mujassamlashgan moddiy shaklda bo`lmaydi, u ishlashga bo`lgan ishtiyokda ifoda etiladi.
Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi.


Xulosa
Iqtisodiy ehtiyoj - shaxsni, korxonani yoki jamiyatni faoliyat ko`rsatishini va rivojlanishini ta`minlab turish uchun zarur bo`lgan moddiy resurslar. Iqtisodiy ehtiyojni iqtisodiy faoliyatga undaydigan ichki kuch sifatida qarash mumkin.
Iqtisodiy ehtiyojni ikki turga bo`lish mumkin: birlamchi ehtiyoj (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy); ikkilamchi ehtiyoj (dam olish, sayohat qilish, sport bilan shuғullanish, o`qish va hokazo). Umuman olganda, ehtiyoj real va noreal bo`lishi mumkin.
Real ehtiyoj deganda, ushbu ehtiyojni qondirish uchun shaxsning daromadi etarli bo`lishi taqozo qilinadi.
Noreal ehtiyoj bo`lganda,ehtiyojni qondirish uchun daromad etarli bo`lmaydi.
Iqtisodiy ne`mat - bu ehtiyojni qondirish vositasi.
Ne`matlar chelangan va cheklanmagan bo`lishi mumkin.
CHeklangan ne`matlarga tovarlar, xizmatlar va resurslar kiradi (avtomobil, kiyim-kechak, non, paxta tolasi va boshqalar). CHeklangan ne`matlar iqtisodiy ne`matlarni tashkil qiladi.
Bir-birini o`rnini bosuvchi ne`matlar - bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne`matlardir. Masalan, shaxsning go`sht mahsulotiga bo`lgan ehtiyojini mol go`shti, qo`y go`shti yoki parranda go`shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini bosuvchi tovarlardan biri narxining oshishi, boshqasiga bo`lgan talabni oshishiga olib keladi.
O`zaro bir – birini to`ldiruvchi ne`matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne`matlar. To`ldiruvchi ne`matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.
Iqtisodiy resurslar (ishlab chiqarish omillari) – bu iqtisodiy ne`matlarni ishlab chiqarishda qatnashadigan elementlar (er, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va axborotlar).
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.:«Ўзбекистон» 2017.

  2. Ўзбекистон Республикасининг «Аҳолини иш билан таъминлаш тўғрисида»ги Қонуни (янги таҳрири). 1998 йил 1 май.

  3. Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат Кодекси. 1996 йил 21 декабрь

  4. Ўзбекистон Республикасининг «Тадбиркорлик фаолиятининг кафолатлари тўғрисида»ги Қонуни (янги тахрир). 2012 йил 2 май.

  5. Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. Оилавий тадбиркорлик тўғрисида // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 17-сон, 188-модда:

Yüklə 23,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin