Kompleks birikmalar kimyosi fani


 – tajriba. Misning ammiak bilan hosil qiladigan kompleks birikmasi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/44
tarix17.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#115398
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
kompleks birikmalar kimyosi

5 – tajriba. Misning ammiak bilan hosil qiladigan kompleks birikmasi
 [Cu (NH
3
)
4
] SO
4
 ning olinishi
Probirkaga 5 – 6 tomchi mis (II) – sulfat eritmasidan quying va cho’kmaga tushayotgan asosli 
tuz to’liq erib ketguncha 25% li ammiak eritmasidan tomchilatib qo’shing. Olingan kompleks 
eritmaning rangini qayd qiling. 
Kompleks birikmaning hosil bo’lish reaktsiyasi tenglamalarini yozing. Bu eritmaga barobar 
miqdorda spirt qo’shing. Eritmadagi kompleks birikma cho’kmaga tushadi, chunki u spirt bilan 
suvning aralashmasida yomon eriydi. Hosil bо‘lgan kompleks kristallarini filtrlab ajratib oling. 
Suv va spirt aralashmasi bilan yuviladi. Xona temperaturasida quriting. Mikroskop yordamida 
kristallar tuzilishini kuzating. Suyuqlanish temperaturasini aniqlang. Reaksiya tenglamasini 
yozing. 
 
6 – tajriba. Nikel – geksaamingidrat [Ni (NH
3
)
6
] (OH)
2
 ning olinishi. 
Probirkaga 3 – 4 tomchi nikel (II) – sulfat eritmasidan quying. Uni ustiga ammiak 
eritmasidan chо‘kma hosil bо‘lgunga qadar tomchilatib qо‘shing. Tushgan cho’kmani 
tsentrifugalab suyuq fazadan pipetka yordamida ajrating. Nikel (II) – gidroksidning hosil bo’lish 
reaktsiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. 
Cho’kmaga 25 % li ammiak eritmasidan 5 – 6 tomchi qo’shing. Nima kuzatiladi? 
Nikel (II) – sulfat eritmasining rangi bilan olingan eritmaning rangini solishtiring. 
Eritmaning rangi qanday ion borligini ko’rsatadi? 
Reaktsiya tenglamasini yozing. 
7 – tajriba. 
Kompleks birikmalarning hosil bо‘lishi. 
Ikkita probirkaga 5 tomchidan mis (II) – sulfat eritmasidan tomizing. Ularning biriga shuncha 
hajm ammoniy oksalat (NH
4
)
2
 C
2
O
4
, ikkinchisiga ammoniy sulfid eritmasidan qo’shing. 
Qanday birikmalar cho’kmaga tushadi va ularning rangi qanday o’zgaradi? 
Reaktsiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing (olingan eritmalarni kontrol 
sifatida saqlang). 
Ikkita probirkada [Cu (NH
3
)
4
] SO
4
kompleksini hosil qiling. Buning uchun probirkalarga 5 
tomchidan mis (II) – sulfat eritmasidan soling va asosli mis tuzi hosil bo’lguncha 1 n ammiak 
eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan mis tuzining cho’kmasi erib ketguncha ammiak eritmasidan 
tomchilatib quying. 
Reaktsiya tenglamasini yozing.
 


Keyin birinchi probirkaga 5 tomchi ammoniy oksalat, ikkinchisiga shuncha ammoniy sulfat 
eritmasidan qo’shing. Qaysi reaktiv ta‘sirida cho’kma hosil bo’ladi? Uning rangi qanday? Olingan 
eritmaning rangini kontrol eritmalar bilan solishtiring. 
Kompleks tuzning ammoniy sulfid bilan boradigan reaktsiyasi tenglamasini yozing. Nimaga 
ammoniy oksalat bilan kompleks tuz o’zaro ta‘sir etmaydi? 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin