Kompleks birikmalar kimyosi fani


 – tajriba. Qo’rg’oshinning kompleks birikmasini olish va uning suv bilan ajralishi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/44
tarix17.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#115398
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
kompleks birikmalar kimyosi

13 – tajriba. Qo’rg’oshinning kompleks birikmasini olish va uning suv bilan ajralishi. 
Probirkaga 3 tomchi qo’rg’oshin (II) –nitrat eritmasidan tomizing va 3 tomchi natriy 
iodid qo’shing. Olingan cho’kmaning hammasi erib ketguncha natriy iodiddan yana bir necha tomchi 
qo’shing. Hosil bo’lgan eritmaga cho’kma hosil bo’lguncha tomchilatib suv qo’shing. Cho’kmaning 
rangiga e‘tibor bering. 
Qo’rg’oshin (II) – iodid cho’kmasi nima sababdan ortiqcha natriy iodidda erishini 
tushuntiring. 
Reaktsiya tenglamalarini yozing. 
Kompleks birikmaning suv bilan ajralish reaktsiyasi tenglamasini yozing va suv 
qo’shilganda qo’rg’oshin (II) – iodid cho’kmasi hosil bo’lish sababini tushuntiring. 
14 – tajriba. Uch valentli vismut iodid va uning kompleks birikmasining olinishi. 
Probirkaga vismut xlorid eritmasidan 1 tomchi va shuncha kaliy iodid eritmasidan quying. 
Qora cho’kma tushishini kuzating. 
Olingan vismut iodid cho’kmasi erib, kompleks birikma K [BiI
4
] hosil bo’lguncha yana 4 
tomchi kaliy iodid eritmasidan qo’shing. Olingan K [BiI
4
] eritmasiga 5 tomchi suv quying. 
Natijada kompleks birikma parchalanib yana ikkinchi marta vismut iodid cho’kmasi hosil 
bo’lishini kuzating. Unga yana 5 tomchi suv qo’shing va probirkani isiting. Uch valentli vismut 
iodid gidrolizining mahsuloti bo’lgan BiOI ning hosil bo’lganligini ko’rsatuvchi to’q sariq 
cho’kma hosil bo’ladi. 
A) Uch valentli vismut iodidning olinishi, b) kompleks birikmaning hosil bo’lishi, v) vismut 
iodidning gidrolizi (gidroliz natijasida asosiy tuz Bi(OH)
2
I hosil bo’ladi), g) BiOI hosil bo’lishi 
bilan boradigan vismutning asosli tuzining parchalanish reaktsiyalari tenglamalarini yozing. 
[BiI
4


kompleks ionining beqarorlik konstantasi ifodasini yozing va tajriba natijalaridan 
foydalanib suvning qo’shilishi kompleks ionining parchalanishga olib kelganlik sababini 
tushuntiring. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin