Xonadonlarni manzillashtirish.
Sonli adreslashtirish (masalan 144.206.160.32) axborotlarni katta qismini eslab qolish imkoni yo‘q. Shuning uchun nisbatan qulay eslash oson adreslar belgisi qabul qilingan. Masalan, arda.silk.uz yoki frodo.gimli.net. Bularning xar biri ma'lum bir adresga mos keladi. Bizning xolatda xonadon adreslar sistemasi ishlatiladi (Domain Name Servis - DNS). Bu sistema ierarxiya printsipida qurilgan.
Yuqoridagi yozuvda chapdan dastlabki so‘zda shu tarmoq joylashgan mamlakat ko‘rsatiladi (UZ - O‘zbekiston) yoki qaysi tarmoq guruxiga mansub (net-network-tarmoq).
80-yillarda AQShda birinchi tarmoq egalariga nom berildi:
dov (xukumat muassasalari);
mil (xarbiy tizim);
egu (o‘quv-ilmiy markazlar);
com (tijorat);
net (tarmoq).
Internet xalqaro maqomga erishgach, unga davlat nomlari qo‘shila boshlandi:
-UK (Buyuk Britaniya);
-JP (Yaponiya);
-Ru (Rossiya) va boshqalar.
Bu Erda tarmoq ham nomlanishi mumkin (masalan, msk - Moskva, spb - Sankt-Peterburg) yoki tashkilot (masalan, silk va gimli), shundan keyin aniq tarmoq tuguni (arda va frodo).
Xonadon nomlari sistemasini qo‘llash uchun Berkli universitetida yaratilgan BIND (Berkley Internet Name Domain) sistemasi ishlatiladi. Mazkur sistema maxsus serverlardagi xonadon adreslarini izlab topish va xonadon adresi bo‘ylab IP adresni topib berishni ta’minlaydi.
Xar qanday server o‘zining mas'uliyat xududiga ega. Agar kompyuterda noma'lum adres qidiralayotgan bo‘lsa, u xolda mashina o‘zidan yuqori o‘zak serverga murojaat qiladi. Shu tariqa qidirilayotgan adres izlab topiladi. Topilgan adres so‘ralgan serverga yuboriladi.
INTERNETning axborot resurslari.
Internet ning axborot resurslari - bu Internetning barcha axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi. Ular jumlasiga:
elektron pochta;
FTP fayllar arxivi sistemasi;
WWW ma’lumotlar bazasi;
Usenet telekonferentsiya sistemasi va boshqalar kiradi.
Misol sifatida eng ommaviy Internet resursi - elektron pochtani ko‘ramiz. U elektron kommunikatsiyaning eng ko‘p tarqalgan usuli bo‘lib qoldi. Internet ning xoxlagan foydalanuvchisi tarmoqda o‘z pochta qutisiga ega.
Elektron pochta ko‘p jixatdan oddiy pochta xizmatiga o‘xshaydi. Bunda korrespondentsiyalar foydalanuvchi tomonidan o‘z ish o‘rnida yoki pochtani tayyorlash dasturi yordamida, yoki oddiy matn muxarriri orqali tayyorlanadi. Keyin pochtani jo‘natish dasturi chaqiriladi. Bu dastur xabarni tarmoqning pochta serveri orqali adresga jo‘natadi.
Elektron pochta bilan ishlash uchun maxsus SMTP (Simple Mail Transfer Protool) va UUP (Unix-Unix-opy) bayonnoma ishlab chiqilgan. Ularning farqi shuki, birinchi bayonnomani ishlatishda pochta serveri mashinani - pochta
oluvchini topishga xarakat qiladi. Pochta qutisi bilan to‘g‘ri aloqa qilinadi. Bu xolda adres sanoqli minutlardayoq topiladi. Faqatgina foydalanuvchi o‘z pochta qutisini tez-tez nazorat qilib turishi lozim. UUPni ishlatishda pochta kompyuterdan komp'yuterga zanjirsimon uzatiladi. Kompyuter-adresat topilma-guncha, ushbu jarayon davom etaveradi. Bu usul juda sekin, lekin yomon aloqa tarmog‘i uchun qulay (telefon).
Elektron pochta nomi aniq kompyuter xonadon nomi va xabar yuborish kerak bo‘lgan foydalanuvchi nomi bilan shakllanadi. Masalan, Baxodir ismli kompyuter egasi arda.silk.org adresli elektron pochta uchun quyidagicha bo‘ladi: baxodir.arda.silk.org (SMTP bayonnoma uchun) yoki
silk.org! arda! baxodir (UUP bayonnoma uchun).
Elektron pochta bilan ishlash misoli sifatida WINDOWS 9x OS tavsiya etgan Internet Mail dasturlarini ko‘ramiz. Ushbu dasturni chaqirish uchun Internet Eksplorer standart ob'ektlar oynasidagi "Dasturlar" menyusidan "Ishga tushirish" menyusidan foydalanish kerak. Pochta xabarlari bilan ishlash uchun uskunalar panelida joylashgan tugmalardan foydalaniladi. Ular quyidagilar:
Papkalar ro‘yxatidan turli guruxga mansub xabarlar o‘rin oladi. Ular quyidagilar:
-chiquvchi;
jo‘natilgan;
yo‘qotilgan.
Pochta xabarlarini xosil qilishda mos ravishda "Kimga" oynasi paydo bo‘ladi, bu Erda odatdagidek elektron pochta adresi yoziladi. "Nusxa" maydoniga xabar nusxasi, "Mavzu" qatoriga qisqa mazmunini yozib qo‘yish mumkin.
Ekranning asosiy oynasiga xabar matni yoziladi. Xoxish bo‘lsa, Matn fayli buyrug‘i yordamida qandaydir faylni qo‘shib qo‘yish mumkin. Xosil bo‘lgan uskunalar panelidagi "Jo‘natish" tugmasi bosilgach, xabar "Chiquvchi" papkasiga kelib tushadi. Keyin "Keltirish" tugmasini bosish orqali pochtani Internet Mail panel oynasiga joylashtiriladi. Dastur pochta serveri bilan aloqani bog‘laydi va unda Siz uchun xabar bor-yo‘qligini tekshiradi. Agar shunday xabar topilsa, u xolda ular "Kiruvchi" papkasiga kelib tushadi.
Zarur bo‘lganda, biz xabar matnini saqlab turishimiz yoki fayl sifatida yo‘qotishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |