M. A. Kurbaniyazov mavzu: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə12/17
tarix16.12.2023
ölçüsü41,14 Kb.
#183240
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
11-mavzu

Har qanday badiiy asarda voqelik u yoki bu tarzda aks etishi, voqelikni hayotga monand tarzda aks ettirish esa qadimdan mavjudligi e ’tiborga olinsa, bu ma’nodagi realizmning ildizlari juda qadim zamonlarga taqalishi tabiiydir. Tor ma’noda realizm hayotni haqiqatda mavjud narsa-hodisalar mohiyatiga muvofiq tarzda, voqelikda mavjud faktlarini tipiklashtirish asosida yaratilgan badiiy obrazlar orqali aks ettirishga asoslanuvchi ijodiy metod va ongli ravishda shu metodga tayangan adabiy yo ‘nalishni bildiradi.

Ushbu metod (yo‘nalish)ning maydonga chiqishi XIX asrning o'rtalariga to‘g‘ri keladi. Realizm metodida adabiyotning bilish funksiyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi, realist ijodkorlar adabiyotni olam va odamni (jumladan, o'zini) idrok etishning muhim va samarali vositasi deb biladilar. Shunga ko‘ra, realizm hayotni butun murakkabligi bilan keng ko'lamda aks ettirishga intiladi.

XIX asrning o ‘rtalarida maydonga chiqqan realism metod(yo‘nalish)i sho‘ro adabiyotshunosligida tanqidiy realism deb, sho‘ro adabiyotining metodi esa sotsialistik realizm deb yuritilgan. Har ikki terminning ilmiy muomalaga kirishi ham M.Gorkiy nomi bilan bogiiqdir.

Bulardan birinchisini tanqidiy deb atarkan, M.Gorkiy bu davr realistik adabiyoti namunalarining aksariyati mavjud burjua tuzumdagi ijtimoiy munosabatlami teran tahlil etishi va uning insoniylikka zid mohiyatini ochib berishi hamda g ‘oyaviybadiiy inkor qilishidan kelib chiqadi. XIX asr realizmini uning tahlil(tadqiqot)ga moyilligini (analitizm) hisobga olib «tanqidiy» yoki «klassik» deb ataydilar.

Realizm shaxs va jamiyatni doimiy harakatda, dinamik aloqalarda aks ettiradi. Buning uchun badiiy tasviming turli shakllaridan foydalaniladi. Realizm adabiyoti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lgan holda, boshqa adabiy sistemalar “kashfiyotlaridan” ham unumli foydalanadi, ularni to‘ldiradi. Masalan, XIX asr boshlarida romantizmga xos bo‘lgan tipiklashtixishning bir qancha xususiyatlarini qabul qilsa, asr oxirida naturalizm va simvolizm yutuqlaridan foydalanadi.


Yüklə 41,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin