M. A. Kurbaniyazov mavzu: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə15/17
tarix16.12.2023
ölçüsü41,14 Kb.
#183240
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
11-mavzu

Bu davrda zabardast realist yozuvchilar (Dikkens, Tekkerey, opa-sirigil Brontelar, E.Gaskell va chartist shoirlari Jons va Lintonlar) ijod qiladi. Ch.Dikkensning «Dombi va o‘g ii» , Tekkereyning «Shuhratparastlik bozori», Sh.Brontening «Jeyn Eyr», E.Gaskellning «Meri Barton» kabi romanlari ana shu davr adabiyotining eng sara asarlaridan hisoblanadi.

30-yillarda adabiyotga yosh Dikkens va Tekkereylar kirib keldilar. “Oliver Tvist” va “Ketrin” romanlari bu yozuvchilaming nyugeyt romanlariga o‘ziga xos javoblari edi. 40-yillar ingliz adabiyoti rivojlanishida yangi, ikkinchi davrni boshlab berdi. Bu yillarda chartistlar harakati keng quloch yozdi, ular ishchilar hayotining, ayol mehnatkashlaming ayanchli ahvolini ko'rsatdilar, xalqning muhtojligini, mamlakatda islohotlar o ‘tkazishni talab qildilar.

Dizraeli, Kingsli, Bulver-Litton, Dikkens va Tekkerey, opa-singil Brontening ijtimoiy romanlarida asrning g‘oyalari ham, ijtimoiy harakatning ahvoli ham, davming ma’naviy tamoyillari ham o ‘z ifodasini topdi. Ingliz romanchilarining bu ajoyib pleyadasi o’z asarlarida nafaqat real holatni, balki jamiyatdagi qarama-qarshiliklami ham ko‘rsatib berdilar va

uning kamchiliklarim (snobizm, ortiqcha xudbinlik, shuhratparastlik) ochib tashladilar, shu bilan bir qatorda oliyjanob gumanistik ideallami ham ilgari surdilar. Ular o‘z ijodlari bilan ifoda vositalari majmuini, hikoya qilishning realistik tizimini ramziylik va metafora, teatr elementlari, parodiyalar, satira, pantomimalar bilan boyitdilar.

Charlz Dikkens (1812-1870) Angliya janubida dengiz xizmatchisi oilasida tug‘ildi. Yoshligida boshidan juda katta qiyinchiliklami o ‘tkazdi, yaxshi bilim ola olmadi. O‘zining mashaqqatlarga to‘la yoshligini keyinchalik yozgan «David Kopperfild» va «Mitti Dorrit» romanlarida hikoya qilib bergan

Dikkensning dunyoqarashi va estetik qarashlari XIX asming 30-yillarda shakllandi. U chartistlar harakati tarafdori bo‘lmasa-da, ijodida ishchilar sinfi va ezilgan xalq holatiga achinish kayfiyatini kuzatish mumkin. Charlz Dikkens jahon adabiyotiga yumor va satiraning ajoyib ustasi sifatida kirgan.


Yüklə 41,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin