Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O`zbek filologiyasi fakulteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi Jahon adabiyoti fani № 11 ma`ruza mashg`uloti f.f.f.d. (PhD), dots. M.A.Kurbaniyazov
MAVZU: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja: 1. Yevropa romantizmi va uning ko‘rinishlari: idealistic va taraqqiyparvar romantizm. 2. Nemis romantizmi. 3. Ingliz romantizmi. 4. Bayron ijodi. 5. Stendal, P.Marime, Balzak va Charlz Dikkenslar ijodida jamiyat va shaxs muammolarining badiiy talqini.
Romantizm XVIII asr oxiri va XIX asr birinchi yarmida Yevropa va Amerika adabiyotida tarqalgan yirik adabiy oqimlardan biridir. “Romantizm” atamasining paydo bo‘lishini “roman” (roman) so'zi bilan bog‘liq holda o‘rganish mumkin.
XII asrdan boshlab Fransiyada boshqalardan ajralib turuvchi qahramonlar bilan sodir bo‘lgan ishqiy, jangovar sarguzashtlar bayon etilgan asarlar roman deb atalgan. Bunday asarlar antik romanlar singari lotinda emas, jonli roman (fransuz) tilida yozilgan.
Sagalardan farqli ravishda romanda real voqealarga emas, muallif tomonidan xayolot olamiga tayanilgan. Shunday qilib, о'rta asrlar (Tom, Kreten de Trua) romanlari o‘quvchi va tinglovchilami qiziqarli sujet — muhabbat va shuhrat uchun qahramonliklar sodir etib, hatto insonga dushman bo‘lgan yovuz kuchlar ustidan ham g‘alaba qozonuvchi qahramonlar haqida hikoya qilishi bilan rom etgan.
XVII asr o'rtalariga kelib Angliyada paydo bo lgan romantik sifat aql bovar qilmaydigan qahramonliklarga asoslangan barokko romanlarining xususiyatini ko'rsatish uchun xizmat qilgan. Shunday qilib, romantizm tushunchasi nafaqat sarguzashtni, balki sirlilikni ham anglata boshlagan.
Jan Jak Russo mazkur atamadan takrorlanmas Shvetsariya tabiatiga tavsif berishda foydalangan. "Adabiyotshunoslik lug'ati" da romantizm termini "etimologik jihatdan ispancha "romanse" so'zi bilan bog'liq boʻlib, XVIII asrda kitoblardagina uchrashi mumkin bo'lgan g'ayritabiiy, ajabtovur, fantastik narsalarning bari shu so'z bilan yuritilgan".