M. A. Kurbaniyazov mavzu: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə4/17
tarix16.12.2023
ölçüsü41,14 Kb.
#183240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
11-mavzu

Shuning uchun ular ma'naviy sohada inqilob qilishga harakat qildilar. Nemis romantiklari idealist Fixtening «O'z diqqat-etiboringni seni o'rab turgan atrof-olamga emas, balki o'zingga qarat», - degan falsafiy qarashlarini yoqlab chiqdilar.

Inson o'z xohish, intilish va harakatlari tufayli yanada yaxshiroq bo'lishi mumkin va kerak. Bunda unga yordam berish kerak. Nemis romantiklarining asosiy vazifa va maqsadi ana shundan iborat edi.

Nemis romantizmi tarixini 3 ta davrga bo'lish mumkin: 1) 1795-1805-yillar - Yen romantiklari F.Shlegel, Novalistiklar davri; 2) 1806-1815-yillar Geydelberg romantiklari K.Breyntano, A.Arnimlar nemis folklorini yig'ishga katta e'tibor berdi. Bu vaqtda aka-uka Grimmlar ham ana shular to'garagida edi.

3) 1815-1848-yillar Napaleon inqirozidan so'ng romantiklarning harakat markazi Berlingga ko'chdi. Bu yerda Gofman, Shamisso, Hyeyne (ilk ijodi) va Byuxerlar ijod qildi.

Nemis romantiklarining katta ishlaridan biri - xalq og'zaki ijodini o'rganishlari boʻldi. Yakob (1785-1863) va Vilgelm (1786-1859) Grimmlar folklorning estetik qimmatini yuksak qadrlaganlardan edi: Ularning tarix, til tarixi, huquq va mifologiya boʻyicha bir qancha ilmiy maqolalari mavjud.

Ammo ularga xalqdan yozib olingan 3 tomli va 200 ta ertakdan iborat «Bolalar va xonadon ertaklari» (1812-1822) katta shuhrat keltirdi. Ular ertaklarni butun Germaniya boʻylab yurib turli toifa odamlardan yozib oladilar.

Ertaklarni 3 guruhga boʻlish mumkin: sehrli, hayvonlar haqidagi (Bo'ri va yetti echkicha», «Bremen muzikantlari») va maishiy ertaklar. Barcha ertaklarda mehnatni sevuvchi, dono, sabr-toqatli qahramonlar doimo g'alaba qozonadilar. A.S.Pushkin «Oltin baliq va baliqcha haqida»gi ertagida «Kambala baliq haqidagi ertak» epizodidan foydalangan.

Fridrix Shlegel (1772-1829). Avgust va Fridrix Shlegellar nemis adabiyotshunosligi faniga asos soldilar. Antik madaniyatni chuqur his qilish, o'rta asr va Uyg'onish davri yodgorliklarini o'rganish, klassitsizm va ma'rifatparvarlik adabiyotiga tanqidiy yondashish ular uchun adabiyotga bo'lgan talablarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.


Yüklə 41,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin