M. A. Kurbaniyazov mavzu: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə7/17
tarix16.12.2023
ölçüsü41,14 Kb.
#183240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
11-mavzu

Sinnoberning sehri bu knyazlikda yashovchi barcha odamlarni oʻz domiga tortgan. Knyazlik baayni jinnixonaga aylanadi. Ammo yolg'iz shoir yigit Baltazar bu sehr ta'siridan tashqarida. Baltazar romantik xayolparast kishi. U oʻsha knyazlikdagi bema'ni tartiblarga she'riyat, shirin xayollar og'ushini qarama-qarshi qilib qoʻyadi.

Baltazar atrofdagilarni es-hushlarini yig'ishtirib olishga chaqirsa, uni hamma aqldan ozgan deb hisoblaydi. Sinnober laqabli mitti Saxes Baltazar baxtiga ham g'ov bo'ladi. Baltazarning Kandida ismli sevgilisini tortib olib, unga uylanmoqchi boʻladi. Barcha sehrgarliklar, mo'jizalar sirini biladigan "ma'rifatli" knyazlikda ana shu ajoyib-gʻaroyiblarni tarqatadigan doktor Prosper Alpanusning o'zi Baltazarga yordam qo'lini choʻzadi.

Mitti davlatning mitti ministri Sinnoberning Kandida bilan nikohi oldidan Baltazar uning boshidan sehrli tilla soch tolalarini yulib oladi. Shunda sehrning hech qanday ta'siri qolmaydi. Nemis romantiklari orasida Gofman kitobxonalarga juda yaqin edi. 20-yillardan boshlab uning asarlari koʻplab tillarga tarjima qilindi.

Rus demokrat tanqidchisi V.G.Belinskiy Gofmanni Germaniyaning buyuk shoirlaridan biri deb, uni jahon adabiyotining yirik yozuvchilari bilan bir qatorga qoʻyadi. Gofman o'z hayotidagi qarama-qarshiliklarni «qora va yorug'» kuchlar kurashi sifatida tasvirlaydi. Qora kuchlar - boylik, mansabparstlik, egoistik ko'rinishlar. U bu kuchlarni chizishda groteks va satiradan unumli foydalanadi.

Ular ba'zida dahshatli kuchlar sifatida tasvirlanadi. Yorug' (sof) kuchlar esa insonning sof hislari va uning orzu xayollar dunyosidir. Gofmanning «Magnitzor»da «Qo'rqinchli mehmon» novellalarida sevgi yirtqich instinkt sifatida tasvirlanadi. Birinchi novellada Alban ismli yigit baron xonadoniga keladi. Baronning Mariya ismli qizi bo'lib, u Ippolit degan yigitga unashtirilgan edi.

Alban Mariyani sevib qoladi va asta-sekin uni o'ziga bo'ysundirib, ixtiyorini oʻziga bog'lab qo'yadi. Ippolit bilan Mariyaga nikoh oʻqilayotgan paytda qiz hushsiz yiqiladi. U endi Albansiz yashay olmas edi. Albanning yirtqichlarcha istagi Mariyani halok etadi. Gofmanning «Mushuk Murning xotiralari» romani (1821) ham juda mashhurdir.


Yüklə 41,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin