Pushti rang chug‘urchuq, Soch – Pastor roseus L.
Chumchuqsimonlar
turkumining
chug„urchuqlar oilasiga kiradi. Patlari qora
va pushti rangda. Boshi, ko„kragi, qanoti,
dumi qora, tanasining qolgan qismlari
pushti. Boshida tovlanma rangga ega
patlardan iborat popugi bor. O„zbekistonga
kelib-ketuvchi qushlardan. O„rta Yer dengizi
bilan Kaspiy oralig„ida hamda Hindistonda
qishlaydi.
O„zbekistonda bahor oylari
ularning uchib kelish vaqtlarida bir necha
o„nlab galasini uchratish mumkin. Uyalarini
tog„
qoyalariga,
o„pirilgan
yerlarga,
daryolarning jarlik qirg„oqlariga, temir yo„llarning qirg„oqlariga, tashlandiq
harobalarga bir nechasi yoki bir necha o„nlab gala bo„lib quradi. Uya qurishda va
bolalarini boqishda erkagi va makiyoni ishtirok etadi. May oyining ikkinchi
yarmidan boshlab tuxum qo„yadi. May oyining oxirlarida 4-6 tadan jish bola ochib
chiqadi. Bolalari 20 kundan keyin uchirma bo„lib, galalariga qo‟shila boshlaydi. U,
asosan, chigirtkalar bilan ovqatlanadi. Bir kunda bir dona chug„urchuq 200 dona
(200 gr) chigirtka iste‟mol qiladi. Bu o„z og„irligiga nisbatan ikki marta ko„p
demakdir. Chug„urchuqlar galasi, olcha, gilos, uzum mevasi bilan ham ovqatlanib,
bog„larga zarar keltiradi.
Pushtirang chug„urchuq juda ham foydali qushlardan hisoblanadi. Bular
chigirtkalarni qirish bilan bog„larga keltirgan zararini qoplaydi. Bundan tashqari,
chug„urchuqlar zararli qo„ng„iz, yarim qattiqqanotlilarni, kapalak qurtlarini va
boshqa hasharotlarni ham yeb foyda keltiradi.
|