Mayna-Olaqanot – Acridotheres tristis L.
Chumchuqsimonlar turkumining chug„urchuqlar
oilasiga kiradi. Maynaning vatani Hindiston va
Afg„oniston bo„lib, O„zbekistonda, 1912 yilda bu
qushlarning bir necha jufti Termiz shahrida hisobga
olingan. Bu yerga u Afg„onistondan uchib o„tgan.
1926 yilda Turkmanistonning Kerki shahrida va
1930 yillarda O„zbekistonning janubiy rayonlarida
keng tarqalgan. 1940 yillar Buxoro va Samarqand
viloyatlarida 1955-60 yillarda Jizzax va Toshkentda,
1960-65 yillardan boshlab Farg„ona vodiysida keng
tarqalgan. Mayna o„z yashash hududini (arealini)
kengaytirib borayotgan qushlardan hisoblanadi. Mayna O„zbekistonda o„rmon va
bog„lar, qishloq va shaharlarda ko„plab uchraydi. Insonlar yashaydigan joylarda,
katta va kichik shaharlarga moslashib borayotgan qushlardan biri. Bu qushlar
uylarini, daraxt kovaklariga, shox-shabbalar orasiga, jarliklardagi kovaklarga,
shaharlardagi baland binolar, minora va imoratlarning karnizlariga quradi. Laylak
uyalarning ostiga uya qurgani ham ma‟lum. Uyalariga 4-6 ta tuxum qo„yib, 14 kun
urg„ochisi va erkagi tuxum bosadi. Uyada bola ochuvchi qushlardan, bolalarini 25-
26 kun uyalarida, uchirma bo„lgandan keyin 5-6 kun boqadi. Urg„ochilari bir
necha kun o„tgach, yana tuxum qo‟yishga o„tadi.
Mayna, asosan, chigirtkalar va boshqa hasharotlar bilan ovqatlanadi. Bir juft
mayna bir yilda 150 ming chigirtkani iste‟mol qilgani hisoblab chiqilgan. Gilos,
olma, uzum, olcha, nok, xurmo bilan ovqatlanib, ko„paygan yillari bog„dorchilikka
ko„plab zarar yetkazadi.
Mayna
shaharlarda
xo„jaliklardan
chiqadigan
chiqindilar
bilan
ovqatlanishga moslashib borayotgan qushlardan. To„kilgan o„simlik donlarini ham
iste‟mol qiladi. Mayna kuz va qish oylarida o„nlab hatto yuzlab galalar hosil qiladi.
Keyingi yillarda son jihatdan ko„payib bormoqda. Bulardan, bog„dorchilikka
keltirayotgan zarari va shaharlarda uylarning karnizlarini, zavod va fabrika
tomlarini axlatlari bilan ifloslantirayotganlaridan norozi bo„lishmoqda. Maynaning
foydali yoki zararli ekanligini aniqlash uchun keng qamrovli ilmiy tekshirish
ishlarini olib bormasdan biron xulosa chiqarish qiyin.
Dostları ilə paylaş: |