Qora shaqshaq – Sturmus vulgaris L.
Chumchuqsimonlar turkumining chug„urchuqlar oilasiga kiradi. Tanasi
ixcham, qanotlari uzun bo„lishi bilan boshqa chumchuqsimonlardan ajralib turadi,
dumi kaltaroq, keng, tumshug„i ingichka, uzun. Patlari qora, tovlanma ko„rinishga
ega. Qanot patlari ichida oq dog„lari bo„lgani uchun chiporroq ko„rinishga ega
bo„ladi. Bizga kelib ketuvchi qushlardan, G„arbiy Yevropada qishlaydi.
O„zbekistonga chug„urchuqlar fevralning oxiri mart oyi boshlarida uchib kelib,
daraxt kovak-kandiklariga uya quradi. Ba‟zida uylarning karnizlariga, jar
yoqalariga ham uya quradi. Sun‟iy o„rnatilgan "uyalar"dan bola ochishda
foydalanadi. Uyalarini erkagi va makiyoni barg, hashak-xushaklar, qushlarning
patlaridan quradi. Uyalarida 4-6 tuxum bo„ladi, 14-15 kun erkagi va makiyoni
navbatlashib tuxum bosadi. Bolalarini 16-18 kun ota-onasi uyada boqib, uchirma
qiladi. Tashqarida 14-15 kun boqadi. Bolalarini hasharotlar, ularning qurtlari va
qo„ng„izlar bilan boqadi. Bulardan tashqari tut, gilos, olcha, uzum mevalari va
29
jo„hori,
bug„doy,
arpa,
mosh
o„simliklarining donlari bilan ovqatlanadi.
Lekin meva va don ovqatning 30-40
foizini tashkil etadi xolos. Chug„urchuq
Farg„ona shahrida uyalarini uylarning
karnizlariga, daraxt kovaklariga quradi.
Kuz oylarida uchib ketish oldidan bir
necha o„nlab galalar hosil qiladi.
Bu
qushlar
bog„dorchilikka
va
donchilikka keltirgan zarariga nisbatan,
ko„proq hasharotlar bilan ovqatlanib
foyda keltiradi. Chug„urchuqlarni himoya qilish kerak. Bahor oylarida bog„larda
sun‟iy uyalar qilib, bu qushlarni jalb qilish foydadan xoli emas.
Dostları ilə paylaş: |