M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix19.06.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#61837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
78448 (1)

7-jadval
Diqqat bilan tinglash xodimning ehtiyojlarini qondirishga olib 
keladi. Unda ijobiy his-tuyg‘ular paydo bo'ladi. Rahbarga nisbatan 
attraksiya, simpatiya vujudga keladi. Xodimga nisbatan qarshi fikr bo'lsa 
rahbar unga bir necha muddatdan so'ng yaxshilab gaplashib olishlarini 
aytib ketishi kerak. Har bir xodimni tinglashga vaqt ajratish kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chunki u doimo rahbaming ko‘rsatmalarini bajaradi. Rahbar boshqa 
rahbaming oldiga bir buyurtma qog‘ozni o'zi olib borganida uni kotiba 
boshlig'ining oldiga kirgazmaydi. Shunda rahbar kotibaning gul 
o'stirishga qiziqishini eshitib, qaytib uning oldiga kiradi. U kotiba bilan 
gul o'stirish haqida 1 soat suhbatlashadi. Natijada suhbat oxirida kotiba 
rahbaming hujjatini olib qoladi. Demak, boshqalarning qiziqishlarini 
eshitish orqali ishonchiga kirib olish mumkin.
Lekin 10—15% rahbarlar kotiba oldida past ketamizmi, deb 
o'ylaydilar. Lekin ishni tez bitishi uchun bu usulni qo'llash yaxshi 
natija berishi mumkin. Yuqoridagi rahbar vaqtni qadrlagani uchun 
kotibaga shu usulni qo'lladi. Bu vaziyatda kotiba ham rahbar ham jabr 
ko'rgani yo'q. Rahbar kotibani tarbiyaladi ham.
Yutuqli chipta. 
O'zining imkoniyatlarini hisobga olish usullari 
bo'yicha quyidagi tavsiyalar beriladi:
1. Maqsadga erishish uchun yuqoridagi holatlami hisobga olsangiz 
muvaffaqiyatlarga erishishingiz oson bo'ladi. Bu usullami qo'llash orqali 
siz hech narsa yutqazmaysiz.
2. Bu usullami siz ilgari ba’zan qo'llagan edingiz, faqat shaxsiy 
munosabatlardagina, endi ishda ham qo'Ilay olasiz. Ilgari siz bu usulni 
qulayligini, boshqalarda attraksiyani vujudga keltirishini o'ylamagan 
holda qo'llagansiz. Endi siz bu usullami tizimli, maqsadli, ongli holda 
qo'llaysiz.
3. Agar sizning suhbatdoshingiz bu usullami qo'llasangiz ham 
sizga yordam bermasa-da, asta-sekin siz maqsadingizga erishib borasiz. 
Xodimlaringizning ismini eslab qolishdan ishni boshlang.
2. 
«Eslab qolish illuziyasi» fenomeni bo'yicha, siz qo'lingizga soatni 
olib unga qarab yuqoridagi usullami yodlashga harakat qiling. Ko'pincha 
(Panasyuk A.Y.) buni uddalash uchun 8 sekund vaqt ketadi.
Qoida: «o'zingiz ustingizda ishlang», ya’ni atrofdagilarning 
muloqotini kuzating, ular qanday muloqotda bo'lmoqdalar, nima uchun 
ularni boshqalar yaxshi ko'radi, ularga talpinadi, suhbatlashgisi keladi.
Muloqotning 1-bosqichida kelgusi faoliyati uchun rahbar o'zining 
muloqotini modellashtirishi, ya’ni muloqotga tayyorlanishi zarur. 
Kommunikativ jihatdan tayyorlanish kerak. Quyidagi savollarga 
tayyorlanish maqsadga muvofiqdir:
• Suhbatda men oldimga qanday maqsadni qo'yaman?
• Suhbatdoshim uni uchrashuvga chaqirganimdan hayron bo‘l- 
dimikin?
• Shu suhbatsiz men vaziyatdan chiqib keta olamanmi?
• Suhbatdoshim bilan muammoni hal qilishga tayyormanmi?
• Qanday muloqot usullarini qo'llashim kerak?
• Qanday savollami berishim kerak?
www.ziyouz.com kutubxonasi


• Suhbatdoshim menga qanday savollarni berishi mumkin?
Agar suhbatdoshim menga ovozini ko‘tarsa, gap qaytarsa, qarshilik
qilsa, rozi bo'lsa, mening fikrlarimga e’tibor bermasa, ishonmasa, 
ishonmasligini yashirsa men nima qilaman?
Muloqotning 2-bosqichida suhbatdosh bilan bevosita yuzma-yuz 
bo'lish, «emotsional mikromuhit»ni his qila olish, tezkor ravishda 
suhbatni boshlash. Ba’zida suhbatdoshlar gapni nimadan boshlashni 
bilmaydilar. Bu holda quyidagi usullami qo'llash zarur:
• Shunday savol qo'yingki, u munozarali bo'lmasin, qiziqarli
qisqa bo'lsin;
• Fikringizni qisqa, lo'nda ifodalashga harakat qiling;
• Hukmingizni, qaroringizni asoslang;
• Savol berganingizda «qachon?» «nimaga?» «qanday?» kabilarni 
ishlatsangiz suhbatdoshingiz «ha yoki yo'q» degan javobni bera olmaydi.
• Xodimingizning oxirgi fikrini ham eshitishga harakat qiling, 
tinglash madaniyatiga rioya qiling.
• Javob berishga shoshmang, uning savollarini mohiyatini yaxshilab 
o'ylab keyin javob berishga harakat qiling.
• Xodimning savoliga keskin ravishda javob bermang.
Rahbar uchun eng qiyin holat suhbatni boshqarib turish. Agar u 
xodimni tinglay olmasa, suhbatni ham boshqara olmaydi.
Rahbar suhbatni boshlashdan awal xodimning kayfiyatini aniqlashi, 
oilaviy sharoitini so'rashi, keyin savol bilan murojaat qilishi lozim. Agar 
suhbatni buyruq berishdan boshlasa suhbat muvaffaqiyatli bo'lmaydi.
Ayrim hollarda xodim bilan rahbar o'rtasida nizo kelib chiqishi 
mumkin. Sababi rahbar xodimlarga odob bilan murojaat qilmaydi. 
Rahbarlarning xodimlar bilan ishlashining uch uslubi bor:
1. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin