P a ra fa rm a tsevtik v o sita la r
Gigiena va kosmetika vositalari. Bu guruhga: atir sovun, pasta va tish
poroshoklari, suyuq parfyumeriya vositalari,
kosmetik kremlar va boshqa
tovarlar kiradi.
Atir sovun - yog‘ kislotalarining natriyli tuzlariga bo‘yovchi
moddalar qo‘shilgan, oqartiriladigan va hid beruvchi
moddalar,
plastifikator,
antioksidantlar
va
boshqa
komponentdan
iborat.
Sovunlaming ekstra, bolalar uchun, I, II turlari bor. Atir sovun qobiq yoki
qobiqsiz 300 g gacha fasofka qilinadi. 300 g gacha bo‘lgan sovunga faqat
ishlab chiqargan muassasa tovar belgisi qo‘yiladi.
Atir sovun quruq, yopiq
va yaxshi shamollaydigan, 20°S dan past va 75% havo namligidan yuqori
boMmagan joylarda saqlanadi.
Tish pastalari va poroshoklari. Tish pastasi deb gel hosil qiluvchi va
sirt faol moddalarning suv-glitserin eritmasidagi suspenziyasiga aytiladi.
Gigienik va davolovchi - profilaktik turlari bor.
Pastalar tagi yopishgan
plastmassa qopqoq bilan yopiladigan idishlarda qadoqlanadi. Ko‘rsatilgan
tartibda tasdiqlangan forma, hajm va ustki tomoni namuna va chizmalarga
mos bo‘lishi kerak. Pastalar futlyarda va futlyarsiz chiqariladi.
Tish poroshogi deb faol qo‘shimchalar yoki qo'shimchasiz bo'lgan
kimyoviy cho‘ktirilgan cho‘kmaga aytiladi. Yoqimli ta’m beruvchi
aromatizatorlari bor (masalan: yalpiz yoki anis, mentol ta’mi). Tish pastasi
va poroshogi qadoqlangan idishda: turi,
tovar belgisi, ishlab chiqargan
korxona nomi va joylashgan joyi, ishlab chiqargan vaqti, standart
ko‘rsatkichi, standart belgisi (GOST) ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Saqlapadigan joyda havo namligi 70%
dan oshmasligi, temperatura
0o S dan past, +25°S dan yuqori boMmasligi kerak. Tish poroshogiga
quyosh nuri tushmasligi kerak, odatda,
ularning saqlanish muddati
chiqarilgan kunidan boshlab 12 oy belgilanadi.
Suyuq parfyumeriya vositalariga odekolon, atir, spirtli yoki suv -
spirtli eritmalar bilan parfyumer - kompozitsiyadan iborat. Flakon yoki
probirkalarda chiqariladi. Ularni qadoqlash jarayonida etiketkasida tovar
belgisi, ishlab chiqargan korxona
nomi va joylashgan joyi, mahsulot turi,
hajmi, standart ko‘rsatkichi ko‘rsatiladi.
Atirlar yaxshi shamollatuvchi uskunalari bo‘lgan joylarda saqlanadi.
Saqlanish muddati chiqarilgan kundan boshlab odekalon, atir, tualet
suvlari uchun 12 oy.
Kosmetik kremlar - terini parvarishlash uchun qo‘llanadi, ular yog‘li
yoki emulsión bo‘ladi. Emulsion kremlar suv/yog‘, yogVsuv tipda yoki
aralashgan tipda bo‘lib, qo‘yilishiga qarab: suyuq va quyuq bo‘ladi.
41
Saqlanish sharoiti: namlik 70% dan kam, temperaturasi +5 °S
dan past va
+20 °S dan yuqori boMmasligi kerak. Suv/yog‘ tipdagi emulsion kremlar
saqlanish jarayonida tabiiy yog'lar 50% dan ko‘p bo‘lganligi sababli ustida
yupqa kislotali qatlam paydo bodishi mumkin. Kosmetik kremlarning
saqlanish muddati - 12 oy, suyuq kremlar va biokremlar uchun - 6 oy.
Dostları ilə paylaş: