DV va TTSN bosh boshqarmasining vazifalari:
- dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika sifatining davlat
nazoratini tashkil etish va standartlashtirish;
- dori, profilaktika va diagnostika vositalarining ekspertizasini,
klinikagacha va klinik sinovlarini hamda tibbiy texnika va tibbiyot
buyumlarining klinik va texnik sinovlarini tashkil etish;
- dori, profilaktika va diagnostika vositalari hamda buyumlariga oid
me’yoriy-texnik hujjatlar - farmakopeya maqolalari (FM), vaqtincha
farmakopeya maqolalari
(VFM), spetsifikatsiyalar va boshqa
hujjatlarni tasdiqlash va ekspertizasini tashkil etish;
- mahalliy va xorijiy dori, profilaktika, diagnostika vositalari, tibbiy
texnika, tibbiyotda qo'llanadigan buyumlarni sertifikatlashtirish va
davlat ro'yxatidan o‘tkazish;
- davlat farmakopeyasi, davlat reestri va boshqa me’yoriy hujjatlarni
nashr etishga tayyorlash va chop etilishini tashkil etish;
- dori vositalarining muomalasi sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik
va jismoniy shaxslarga ilmiy-uslubiy xizmatlar ko'rsatish.
Bosh boshqarma oldiga dori vositalari bozoridagi vaziyatning
sistematik tahlili, yangi dori vositalari, tibbiyot jihozlari va buyumlarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, ma’lum vositalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va
tadqiqotlar o'tkazish tizimini qayta ishlash vazifalari turadi.
DV va TTSN bosh boshqarmasi tarkibiga: Farmakologiya va
Farmakopeya
qo'mitalari,
Dori
vositalarini
ekspertizasi
va
standartlashtirish
Davlat
markazi,
farmatsevtik
nazorat
bo‘limi,
giyohvandlik vositalari nazorati va yangi tibbiy texnika bo‘yicha
qo‘mitalari dori vositalari, tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni qayd etish
byurosi kabi tarkibiy tuzilmalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: