M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Dori vositalarining sifat standartlari



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

7.2. Dori vositalarining sifat standartlari
Dori vositasi ishlab chiqarilishidan to iste’molgacha boigan davrda 
lining sifatini ta’minlash ishlarining qat’iy qo'llanishi asosida dori 
vositalarining sifat tahlil tizimi tashkil etiladi. “Dori vositasining sifati” 
tushunchasi uni ro‘yxatga olish (qayd etish) bosqichida taqdim etilgan 
tavsif va ko'rsatkichlarga mosligi, shuningdek, qayd etish hujjatlarida 
bayon etilgan barcha xossalariga mosligi bilan belgilanadi.
“Sifatni 
ta’minlash” 
tushunchasi 
sifatsiz 
dorilarning 
ishlab 
chiqarilishi, sotilishi va iste’moliga yo‘l qo‘ymaslik, oldini olish bo‘yicha 
talablar majmuasini aks ettiradi. “Sifat nazorati” tushunchasi barcha 
bosqichlarda, ya’ni yaratish, ishlab chiqarish, muomala va iste’mol 
bosqichlarida mahsulotning talablarga mos emasligini aniqlash va sifatini 
baholashga qaratilgan.
Dori vositalari sifatining davlat standartlarini ishlab chiqish, 
rasmiylashtirish, ekspertiza va ro‘yxatdan o ‘tkazishning yagona tartibini 
belgilash maqsadida “Dori vositalarining sifat standard. Asosiy qoidalar” 
soha standard 2002-yilda tasdiqlangan. Ushbu soha standard mamlakatda 
ishlab chiqarilgan tayyor dori vositalariga taalluqlidir.
Dori vositalarining sifat standard 
- dori vositalarining nazorat 
usullari va me’yoriy ko‘rsatkichlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan me’yoriy 
hujjatdir.
Dori vositalariga talablarni belgilovchi dori vositalarining sifat 
standartlari quyidagi toifalarga bolinadi:
Dori vositalari sifatining Davlat standartlari.
106


Konkret korxona dori vositasining korxona farmakopeya maqolasi.
Dori vositalari sifatining Davlat standartlariga quyidagilar kiradi:
- Umumiy farmakopeya maqolasi.
- Vaqtincha farmakopeya maqolasi.
- Farmakopeya maqolasi.
Dori vositalarining sifat standartlari sifatli, samarali va xavfsiz dori 
vositalarini yaratish va ishlab chiqarilishini ta’minlashi lozim. Dori 
vositalari sifat standartlari tibbiyot, farmatsevtika fanlarining yangi 
yutuqlarini hisobga olgan holda belgilangan muddatlarda qayta ko‘rib 
chiqiladi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin