Sifatli laboratoriya amaliyoti (Good Laboratory Practice - GLP) yangi dori vositalarining inson, hayvon organizmiga va atrof-muhitga
ta’sirini baholash uchun ularni klinikagacha o‘rganish bosqichida
o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning sifati va standartligini ta’minlashni
o‘z oldiga maqsad qilib qo'yadi.
Sifatli klinik amaliyoti (Good Clinical Practice - GCP) sinov
subyektining huquqlarini himoya qilish va dori vositalari sinovi jarayonida
xato va qalbakilikning oldini olish uchun ishlab chiqilgan klinik sinovlarni
o‘tkazish qoidalarini o‘z ichiga oladi. GCP qoidalarida klinik sinovlarni
rejalashtirish, o‘tkazish, monitoring, audit, hisobot, hujjatlashtirish tartibi
keltirilib, bu qoidalarning tatbiqi sinovlarning ilmiy va bietik qoidalari
asoslanganligini kafolatlaydi.
7.4. Dori vositalari sifatini nazorat qilish laboratoriyasi ishini tashkil qilish Dori vositalari sifatini nazorat qilish bo'yicha laboratoriya yoki
markazlar 0 ‘zbekiston Respublikasi dori vositalari va tibbiy texnika
sifatini ta’minlovchi nazorat-ruxsatnoma tizimining tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Dori
vositalari
sifatini
nazorat
qilish
bo‘yicha
vakolatli
laboratoriyalarning asosiy qismi sogMiqni saqlash muassasasi hisoblanib,
ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV Dori
vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasiga,
moliyaviy ishlar bo‘yicha hududiy davlat organlariga bo‘ysunadi.
Laboratoriya o‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
qarorlari, SSV buyruqlari, yo‘riqnomalari va boshqa me’yoriy hujjatlarga
amal qiladi. Laboratoriyaning tashkiliy tuzilishi va xodimlar shtati asosiy
vazifalariga, bajariladigan ish hajmiga va amaldagi mehnat qonunchiligiga
muvofiq aniqlanadi.
Laboratoriya, unga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini va xodimlar
mehnat
faoliyatining
xavfsizligini
ta’minlovchi,
shuningdek,
loyihalashtirishning qurilish me’yorlari talablariga javob beruvchi binoda
joylashgan bo‘lishi kerak. Laboratoriya yuridik shaxs hisoblanadi; uning
moliyaviy mablagMarini saqlash va barcha turdagi hisob-kitob, kredit va
kassa operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida bankda mustaqil balansi,
hisob va boshqa schyot raqamlari bo‘ladi; alohida mulkka, nomi va
rekvizitlari keltirilgan shtamp va muhrga egadir.
no
Laboratoriya ish faoliyatini yuritish uchun DV va TTSN Bosh
boshqarmasi va “0 ‘zstandart” agentligi akkreditatsiyasidan o‘tgan va
litsenziya olgan bo‘lishi kerak.