M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Asosiy vazifasi. 
Laboratoriya dori vositalari va tibbiy texnika sifati 
bo'yicha davlat nazoratini ro‘yxatga olingandan keyingi va davomli 
nazoratni o‘tkazadi.
Asosiy faoliyatiga muvofiq ravishda laboratoriya quyidagi vazifalarni 
bajaradi:
- tasdiqlangan me'yoriy 
hujjatlarga 
muvofiq dori 
vositalarini
sertifikatsiyalashtirish va tanlab nazorat qilishni amalga oshiradi;
- dorixona muassasalari va tashkilotlarida tarkibida yurak glikozidlari 
saqlovchi dori vositalari va dorivor o‘simlik xom ashyolarining biologik 
sifat nazoratini amalga oshiradi;
- agar laboratoriyaning mikrobiologik xizmati 
mavjud bo‘lsa, 
dorixonalarda tayyorlangan steril dori vositalari, tozalangan suv hamda 
idish va qadoqlash vositalaridan olingan yuvindilarni mikrobiologik 
tekshiruvini o ‘tkazadi;
- sifatsiz dori vositalari 
aniqlangan hollarda tezlikda bu dori
vositalarining sotilishini to‘xtatib turish kerakligi haqidagi xulosani Bosh 
boshqarmaga taqdim etadi;
- shartnoma asosida belgilangan tartibda farmatsevtik faoliyat yuritish 
uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslardan kelgan dori vositalari sifatini 
tekshiradi va sertifikatlar beradi.
Zarur hollarda dorixona muassasalari va korxonalariga farmatsevtik 
faoliyat uchun litsenziya berish yoki litsenziya berishni asoslangan holda 
rad etish haqida xulosa chiqarish uchun litsenzion hay’at ishida ishtirok 
etadi.
Nazorat-tahlil laboratoriyasi dori vositalarining sifat nazoratini amalga 
oshiruvchi 
tashkilot 
hisoblanadi. 
Bu 
laboratoriyalar 
CLzbekiston 
Respublikasi “Dori-darmon" Davlat aksionerlik kompaniyasi qoshida. 
shuningdek, viloyat “Dori-darmon” aksionerlik birlashmalari qoshida 
faoliyat yuritmoqda.
Ushbu nazorat-tahlil laboratoriyalari quyidagi vazifalarni bajaradi:
- aksioner dorixona muassasalarida tayyorlangan dori vositalari sifatini 
nazorat qiladi;
- aksioner dorixonalar faoliyatini dori vositalari sifatini nazorat qilish 
bo‘yicha tashkiliy-uslubiy boshqaradi;
- aksioner dorixonalarni 
reaktivlar, titrlangan eritmalar bilan 
ta’minlash, ularning saqlanishi va ishlatilishini nazorat qiladi;
ill


- yilning har choragida dorixonalarda tozalangan suv, tez eskiruvchi va 
noturg‘un vositalar sifatini nazorat qiladi.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun laboratoriya talabga javob 
beruvchi ish joylariga ega va zamonaviy asbob-uskunalar bilan 
jihozlangan bo‘lishi kerak. Nazorat-tahlil laboratoriyalarining asosiy 
xonalariga quyidagilar kiradi:
- analitik zal - kimyoviy tahlillami o ‘tkazish uchun mo‘ljallangan 
asosiy ishlab chiqarish xonasi. Analitik zal analitik stollar, mo‘rili 
javonlar, titrlangan eritmalar uchun aylanma taglik, ¡dish va reaktivlar 
saqlash uchun javonlar. shtativlar, oMchov idishlari va h.k. bilan 
ta’minlangan bo‘ladi;
- o‘lchov xonasi - analitik tarozilar bilan jihozlangan bo‘ladi;
- fizik-kimyoviy tahlil asboblari xonasi (optika xonasi) - refraktometr, 
fotokolorimetr, potentsiometr, spektrofotometr va boshqa asboblar bilan 
jihozlangan bo‘ladi;
- biologik tahl il o'tkazish xonasi yoki mustaqil boks (katta 
laboratoriyalarda mavjud);
- idishlar, byuretkalar , pipetkalami yuvish xonasi;
- laboratoriya mudiri xonasi. Bu xonada dori vositalari yo‘riqnomalari 
kartotekasi, so‘rovnomalar va maxsus adabiyotlar uchun javonlar, tahlillar 
bo‘yicha qo‘llanmalar kartotekasi joylashgan boMadi;
- uslubiy xona (katta laboratoriyalarda);
- xodimlar xonasi;
- tez alangalanuvchi moddalami saqlash va tez portlovchi suyuqliklar 
g ‘amlamasi uchun omborxona.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin