M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Mahsulot sifatini nazorat qiluvchi ishlab chiqarish laboratoriyasi



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Mahsulot sifatini nazorat qiluvchi ishlab chiqarish laboratoriyasi.
Odatda, bu laboratoriya ma’lum bir farmatsevtik ishlab chiqarish 
korxonalariga keltirilayotgan substantsiya va boshqa xom ashyolar sifatini 
nazorat qilish, shu korxonada dori vositasi ishlab chiqarishning oraliq va 
oxirgi bosqichlarida sifat nazoratini amalga oshirish kabi vazifalar 
yuklatilgan holda tashkil etiladi. Ishlab chiqarish laboratoriyasi laboratoriya 
sinovlari bilan birgalikda, mahsulot sifatiga aloqador barcha masalalar bilan 
bog‘liq faoliyatni amalga oshiradi. Ularga namuna olish, spetsifikatsiyalar va 
sinovlar o‘tkazish bilan bog'liq tadbirlar, sotuvlar uchun ruxsatnomalami 
rasmiylashtirish, hujjatlashtirish va berishni tashkil qilish kabi tadbirlar 
kiradi. Bu hujjatlar zarur tekshiruvlar haqiqatan oTkazilganligini, sifati 
qoniqarli, deb topilmagunga qadar boshlang‘ich xom ashyo hamda 
materiallar ishlatish uchun ruxsat berilmaganligini, tayyor mahsulot esa 
sotish va etkazib berish uchun ruxsat berilmaganligini kafolatlaydi.
Har bir farmatsevtik korxona o‘z tuzilmasida sifatni nazorat qiluvchi 
ishlab chiqarish laboratoriyasiga ega bo‘lishi kerak. Sifat nazorati 
texnologik jarayonlar (ishlab chiqarish) dan mustaqil ravishda faoliyat 
yuritishi zarur. Ishlab chiqarish laboratoriyasi korxonaning boshqa 
bo‘limlaridan mustaqil bo‘lishi, malakali va yetarli bilimga ega bo‘lgan 
shaxs rahbarligi ostida va sinov markazi sifatida vakolatlangan holda ish 
yuritishi kerak.
Laboratoriyaning jihozlanishi, shuningdek, tuzilishi va shtatlar sonini 
belgilash 
uchun 
ishlab 
chiqarish 
xususiyati, 
hajmi 
va nazorat 
jarayonlarining murakkabligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
8
- №
96
113


Ishlab chiqarish zaruriyati va bajariladigan ish turidan kelib chiqqan holda 
ishlab chiqarish laboratoriyasi barcha zarur xonalarga ega bo‘lishi kerak. 
Korxonada, ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlarning sifatli nazoratini 
amalga oshirish uchun laboratoriyada belgilangan tartibga ko‘ra zarur 
xonalar (kimyoviy nazorat bo‘limi, mikrobiologik yoki farmakologik 
boMimlar) bo‘lishi talab qilinadi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin