Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə25/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Berilganlar bazasi qaror qabul qilish tizimida muhim ahamiyatga ega. Undagi berilganlar foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamidagi hisoblar uchun foydalanilishi mumkin.
Berilganlarning bir qismi axborot tizimidan keladi. Ulardan samarali foydalanish uchun qo’shimcha ishlov berilishi lozim. Buning uchun ikkita imkoniyat mavjud:
qaror qabul qilish tizimi tarkibiga kiruvchi berilganlar bazasini boshqarish tizimini korxona faoliyati haqidagi ma’lumotlarga ishlov berish uchun qo’llash;
maxsus berilganlar bazasini yaratgan holda, qaror qabul qilish tizimi tashqarisida ham ishlov berishni amalga oshirish. Bu usul ko’plab tijorat amallarini bajaruvchi korxonalar uchun qulay.
Ishlov berilgan korxona faoliyati haqidagi ma’lumotlar fayllarni tashkil qiladi. Ishonchlilikni orttirish va tezkor kirishni ta’minlash uchun qaror qabul qilish tizimi tashqarisida saqlanadi.
Qaror qabul qilish tizimining ishlashi uchun firma faoliyati haqidagi ma’lumotlardan tashqari ichki ma’lumotlar ham talab qilinadi, masalan, o’z vaqtida jamlanishi, kiritilishi va qo’llanilishi lozim bo’lgan injenerlik, xodimlarning harakati va boshqa ma’lumotlar.
Yuqori darajalarda qaror qabul qilishda tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Zaruriy tashqi ma’lumotlar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: raqobatchilar, milliy va jahon iqtisodiyotidagi ma’lumotlar. Ichki ma’lumotlardan farqli ravishda, tashqi ma’lumotlar ularni yig’ishga yo’naltirilgan maxsus tashkilotlardan olinadi.
Bunda berilganlarni boshqarish tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega
45
bo’lishi lozim:
agregirlash va filtrlash jarayonlarini qo’llagan holda turli manbalardan olinayotgan ma’lumotlarning kombinatsiyasini tuzish;
u yoki bu ma’lumotlar manbaini tez qo’shish yoki o’chirish; foydalanuvchi atamalarida ma’lumotlarning mantiqiy tarkibini qurish;
korxona doirasida bajarilayotgan boshqa berilganlar bazalariga nisbatan mantiqan to’liq bog’liqsizligini ta’minlash.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin