Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə33/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Konstruktor. Конструктор qiymati tanlanib, OK tugmasi bosiladi. Forma konstruktor rejimida ochiladi va unga boshqaruv elementlarini qo’shish mumkin (Новая форма muloqot oynasining quyi qismidagi ro’yxatdan qiymatlarni tanlash shart emas).
Avtoforma. Новая форма muloqot oynasining quyi qismidagi ochiluvchi ro’yxatdan jadval yoki so’rov tanlanadi va OK tugmasi bosiladi. Master tezda tanlangan jadval yoki so’rovdagi har bir maydon uchun boshqaruv elementini o’z ichiga olgan yangi forma yaratadi va ochadi.
Forma masteri. Мастер форм qiymati tanlanganda yaratilgan formada har bir tanlangan maydon uchun alohida boshqaruv elementi yaratiladi.
Таблицы / Запросы (Tables / Queries) ro’yxatidan formaga kiritiladigan bir yoki bir necha maydonga ega bo’lgan jadval (yoki so’rov) tanlanadi. Доступные поля (Available Fields) ro’yxatida berilgan jadval (so’rov) ga kiruvchi barcha maydonlar aks ettiriladi. Выбранные поля (Selected Fields) ro’yxatiga to’rtta tugma yordamida zarur maydonlar yig’iladi:
ajratilgan maydonni ko’chirish;
» joriy jadval / so’rovning barcha maydonlarini ko’chirish;
« tanlangan maydonlarni o’chirish;
< ro’yxatini tozalash.
Выбранные поля (Selected Fields) ro’yxatiga barcha zarur bo’lgan maydonlar ko’chirilganidan so’ng, Далее tugmasi bosiladi.
Forma masterining ikkinchi oynasida formada boshqaruv elementlarining joylashish turini aniqlash mumkin. Tanlashni osonlashtirish uchun har bir variant tanlanib, muloqot oynasida keltirilgan elementlar joylashuvi namunasi kuzatiladi. Ko’pgina hollarda formada barcha maydonlarni ko’rish imkonini beruvchi В один столбец qiymati tanlanadi.
Ikkinchi tur forma – Ленточный (Tubular) bir vaqtda bir necha yozuvni chiqarish uchun mo’ljallangan, uchinchi tur – Табличный (Datasheet) – ma’lumotlarni jadval rejimida tasvirlaydi. Выровненный
(Justified) qiymati boshqaruv elementlarini forma oynasini kompakt to’ldirish uchun joylashtiradi. Zarur tur tanlangandan so’ng Далее tugmasi bosiladi. Muloqotning navbatdagi oynasida forma stili (ko‘rinishi) – rang yoki fon bezagi ko’rsatilishi zarur. Keyinchalik stilni o’zgartirish mumkin (Автоформат). Forma masterining so’nggi muloqot oynasi formaga nom berish va u yaratilgandan so’ng
58
bajariladigan amalni berish imkonini beradi.
Bu oynada birinchi qo’yilma tanlansa, yaratilgan forma forma rejimida ochiladi. Bu holda formani ko’rish va ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritish mumkin bo’ladi. Ikkinchi qo’yilma tanlanganda, forma unung maketini o’zgartirish uchun Кonstruktor rejimida ochiladi. Barcha masalalar yechilgandan so’ng, Готово (Finish) tugmasi bosiladi va Access forma yaratishni tugallaydi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin