Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə29/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Berilganlar bazasi obyektlari. Access ma’lumotlar to’plamini saqlash uchun katta imkoniyatlarga ega. Berilganlar bazasiga kiruvchi turli formalar, hisobotlar va formalar ma’lumotli jadvallar kabi juda zarur
49
bo’lishi mumkin.
Berilganlar bazasi obyektlari bilan ishlash ikki xil rejimda yoki fazada amalga oshiriladi: rejalashtirish (konstruksiya) fazasi va ishchi faza. Berilganlar bazasi axborot bilan ishlashdan avval, uni rejalashtirish zarur. Microsoft Word bo’sh fayli yoki Microsoft Excel bo’sh varag’ini ochishdan farqli o’laroq, Microsoft Access barcha obyektlari rejalashtirilishi kerak (shu jumladan, axborotlarni saqlash uchun jadvallar ham). Ko’pgina hollarda bunday ish maxsus konstruktor rejimida amalga oshiriladi.
Ikkala holatda ham obyekt rejasi, ma’lumotlar bilan ishlashda bu obyektni qo’llaganda, uning ko’rinishini ifodalaydi. Masalan, jadvalni rejalashtirishda unga kiritish mumkin bo’lgan ma’lumot turlari beriladi.
Rejalash fazasidan so’ng, ishchi faza boshlanadi, ya’ni axborotlarni kiritish va tahrirlash uchun berilganlar bazasining turli obyektlaridan foydalaniladi. Ishchi faza konstruktor rejimi kiritish, tahrirlash va axborotlarga ishlov berish uchun jadval yoki forma rejimi bilan almashadi.
Avvaliga bu juda murakkab ko’rinsa ham, Accessning foydali tomonlaridan biri, turli tur obyektlar bilan ishlashda, hamda obyektlarni rejalashdan foydalanishga o’tilganda menyu ko’rinishi va anjomlar paneli masalaga mos ravishda o’zgaradi. Turli oynalar faollashtirilganda, joriy oyna bilan ishlash uchun mo’ljallangan vositalargagina kirish mumkin bo’ladi.
Jadvallar. Jadval tarkibi konstruktor rejimida aniqlanadi. Kiritish va tahrirlash odatda jadval rejimida amalga oshiriladi.
Formalar. Formalar axborotni ifodalash usulini tasvirlashda jadvalga nisbatan katta imkoniyatlarga ega. Formalar birinchi navbatda ma’lumotlar bilan ekranda ishlash uchun mo’ljallangan.
Odatda bu rejimda ma’lumotlar bir yozuvdan kiritiladi, matn maydonlari, boshqaruv tugmalari, rasmlar va boshqa xizmatchi obyektlar axborotni ko’rishni va unga ishlov berishni osonlashtiradi.
Formaning jadval rejimidan boshqa ustunlik tomoni – bir formada bir necha jadvaldagi ma’lumotlarni tasvirlashidir. Formaning yuqori qismidagi ma’lumotlar jadvalga tegishli, quyi qismidagi ma’lumotlar jadvaldan olinadi.
Hisobotlar. Hisobotlar bazadagi ma’lumotlarni chop qilish uchun mo’ljallangan. Hisobotni rejalash axborotni qulay ko’rinishda chiqarish bilan birga boshqa jadvaldagi ma’lumotlarga asoslanib, yozuvni tartiblash imkonini ham beradi. Hisobotni rejalash hisobot konstruktori rejimida amalga oshiriladi. Uni yaratishda maxsus markerlar qo’yiladi


50
(boshqaruv elementlari deb nomlanuvchi). Har bir boshqaruv elementi axborotni chiqarish bilan birga uning jihozlanishini va hisobotda joylashishini ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
So‘rovlar. So’rovlar berilganlar bazasining eng asosiy obyekti hisoblanadi. Uning yordamida berilganlar bazasidan ma’lum bir axborotni tanlash va hisobotda foydalanish, ekranda forma yoki jadval ko’rinishida ko’rish uchun tartiblash mumkin. So’rovlar so‘rovlar konstruktori rejimida yaratiladi va berilganlar bazasi ma’lumotlari haqida savollar hisoblanadi. Javoblar jadval rejimida tasvirlanadi.
Har bir so’rov bir yoki bir hecha chegaralardan tashkil topadi va shu asosda shablon yaratiladi. Masalan, Narxi maydonida <30 chegara ko’rsatilsa, so’rovga faqat Narxi maydonida qiymatlari 30 dan kichik bo’lganlari kiritiladi.
Har bir yozuvdagi ma’lumotlar so’rov chegarasi bilan taqqoslanadi. Agar yozuvdagi axborot chegarani qanoatlantirsa (masalan, narx qiymati 30 dan kichik bo’lsa), yozuv so’rov jadvaliga qo’shiladi. Har qanday so’rov birgalikda yoki alternativ foydalaniladigan bir necha chegarani o’z ichiga olishi mumkin.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin