Yakuniy nazorat yozma ish shaklida bo’ladi. Har bir talaba alohida variant topshiriqlarini bajaradi. Har bir variant 1ta nazariy savol va 2 ta masaladan iborat bo’ladi.
1-Masala.Berilgan matni kalit so’z yordamida shifrlang(Berilgan shifrni kalit so’z yordamida matnni toping).
Masala№1. Quyidagi matn berilgan bo’lsin: KАДРЛАР ТАЙЁРЛАШ МИЛЛИЙ ДАСТУРИ. Ushbu matnni МАГИСТР kalit so’zi yordamida shifrlang.
Bajarish: Matn 28 ta harfdan, kalit esa 7 ta harfdan iborat bo’lgani uchun 6*7 jadval chizamiz(1-jadval). Jadval ustunlari soni kalit so’zdagi harflar soni bilan teng. Satrlar soni esa berilgan matnga bog’liq.
1-jadval 1 - satrga kalit so’z harflari loylashtiriladi.
2 - satrda har bir harfning alfavitdagi o’rni bo’yicha tartibi kiritiladi. Masalan, А- tartib bo’yicha 1, Г- tartib bo’yicha 2, И- tartib bo’yicha 3, М- tartib bo’yicha 4, Р- tartib bo’yicha 5, С- tartib bo’yicha 6, Т- tartib bo’yicha 7 da keladi.
3-6-satrlargaberilgan matnni ustun bo’yicha joylashtiramiz.(Probel(bo’sh joy) belgisi e’tiborga olinmaydi.)
6*7 o’lchovli 2-jadval chizamiz. Uni to’ldirish uchun 1-jadval 2-satriga e’tibor beramiz. Alfavit bo’yicha 1-kelgan harf ustunidagi belgilarni 2-jadvalni 1-ustuniga, 2-kelgan harf ustunidagi belgilarni 2-jadvalni 2-ustuniga, 3-kelgan harf ustunidagi belgilarni 2-jadvalni 3-ustuniga, 4-kelgan harf ustunidagi belgilarni 2-jadvalni 4-ustuniga, 5-kelgan harf ustunidagi belgilarni 2-jadvalni 5-ustuniga, 6-kelgan harf ustunidagi belgilarni 2-jadvalni 6-ustuniga va 7-kelgan harf ustunidagi belgilarni 2-jadvalni 7-ustuniga joylashtiramiz.
2-jadval Endi 3-6-satrlardagi belgilarni satr bo’yicha ketma ket tartib bilan yozib chiqamiz:
ЛАЛКТИЙАЙААУЛДРЁШДРЛАТРМРИИС
Hosil bo’lgan harflar ketma ketligi berilgan matnni kalit so’z yordamida hosil qilingan shifri deyiladi.