Psixologik yondashuv asoslari - bola shaxsini rivoj- lantirishda - psixologik qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv - bolaning muammolarini tushu- nishi, qabul qilish va uni hal qilishda yordam berishdir. Uning asosiy maqsadi - bola va kattalar o'rtasidagi kundalik pedagogik munosabatlarda yuzaga keladigan hissiy-shaxsiy muno- sabatlarni rivojlantirishdir.
Psixologik yondashuv jarayonida tarbiyachi-pedagog:
Bolaning omadsizliklariga diqqatni to'xtatmay tushunib (norozilik bilan emas] qaraydi, uning yechimini topishda bola bilan birga harakat qiladi. Bunday yondashuv asosida shaxsga yo'naltirilgan o'zaro munosabatlar tizimida “katta bola" mu- nosabatlar yo'nalishlaridan biri bo'lib, har bir inson va ayniqsa, ta'lim oluvchilar xatolar va ularni to'g'irlash huquqiga egadir- lar.
Bolani tarbiyalamaydi, balki uning muammolarini birga hal qilib yo'l ko'rsatadi.
Psixologik qo'llab-quvvatlash pedagog va bola o'rtasidagi hissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi.