Maktabgacha ta’lim metodikasi


Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə11/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilish o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog'liq bo'lgan xilma-xil mashg'ulotlar kiradi. Bu mashg'ulotlar darslari takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlaiga asoslanishi kerak Bolalar e’tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi o'quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko'cha maktabni ko'kalamzorlashtirish, qushlami muhofaza qilish va qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo'yicha ijtimoiy-foyda mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblami o'qish bilan birga olib borihshi kerak.
Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o'ylab chiqish zarur. Sinfdan tashqari ishlan uch guruhga bo'lish mumkin:
1- guruhga ko'plab o'quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar;
2- guruhga cheklangan o'quvchilar doirasida olib boriladigan to'garak ishlari;
3-guruhga tabiatni o'rganishga qiziqqan ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.
Ommaviy mashg'ulotlar kinofilmlarni namoyish qilishni tabiatga ekskursiya va yurislar o'tkazishni, yertaliklar, o'quvchining ishlarining ko'rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek, ommaviy tadbirlar (hosil kuni, bog' haftaligi, daraxtlar o'tqazish haftaligiqushlar kuni va boshqalar)ni o'tkazishni nazarda tutadi.
Guruh mashg'ulotlariga yosh geograflar, yosh tabiatshunoshlik kabi klub ishlari kiradi.
Individual mashg'ulotlar devoriy gazetalar, albomlar chiqarishni; jonli tabiat burchagi va maktaboldi o'quv-tajriba maydonidagi, tabiatdagi ishlarni; darsdan tashqari o‘qish va axborot burchagi uchun tabiatshunoslik mazmunidagi materiallar tanlashni, bolalar ilmiy-ommabop kitoblariga taqriz yozishni o'z ichiga oladi.
Individual ishlar. Tabiatni bilishga moyillik yoki hech bo'lmaganda qiziqishga ega bo'lgan o'quvchilar bilan tabiatshunoslik bo'yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o'qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va munosabati, o'quvchilarni yergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o'ynaydi. Uning 1- sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishning zarurligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, tabiatshunoslikni o'qitishni qanday yo'lga qo'yishiga o'quvchilaming bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda tabiatshunoslik ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog'liqdir.
Individual topshiriqlami bajarish tadqiqiy ish ko'nikmalarini shakllantiradi, bolalarning bo'sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to'ldiradi. Individual topshiriqlarning mazmuni o'quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'quvchini nimaiki qiziqtirmasin — xona o'simliklarini parvarish qilishmi, hayvon va o'simliklar tasvirlangan marka yoki otkritkalarni to'plashmi, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar va kuzatishlar o'tkazishni — u o'qituvchi tomonidan ma’qullanishi va quvvatlanishi lozim.
Individual topshiriqlar o'quvchilarning qiziqishlariga qarab tanlanadi, ammo topshiriqlarning mazmuni ularning bajarilishini tashkil qilishi va metodikasi o'qituvchi tomonidan sinchiklab o'ylangan bo'lishi kerak (o'rganish obyekti, kuzatish yoki ish joyi belgilanadi, reja tuziladi). Ishning oxiriga yetkazilishi va unga qiziqishni yo'qotmasligi uchun individual topshiriqlar bajarilishida o'qituvchi o'quvchilarga muntazam yordam ko'rsatib borishi zarur. Gerbariy yoki kolleksiyalar tuzish kabi shunday topshiriqlaming bajarilishi faqat o'qituvchi o'quvchilarni oldindan o'simlik, hasharot va boshqa tabiat ob’yektlarini yig'ish, o'simliklarni kuzatish, to'plangan materiallami montaj qilish va shu kabilarning qoidalariga o'rgatgandagina muvaffaqiyatli bo'ladi. Shu maqsadda tabiatga o'quv ekskursiyasi va mehnat ta’limi darslaridan foydalaniladi. Tabiiy material to'plash qoidalari haqida hikoya qila borib, o'quvchilarga tabiatni muhofaza qilish zarurligini eslatish kerak.
Individual topshiriqlarning bajarilishini tekshirib borish kerak,ish oxirida uning natijalari bilan o'quvchilarni tanishtirish zarur.
Individual ishlarning amaliy ahamiyati faqat o'quvchilar uni amalga oshirish zarurligini tushunganlaridagina ta’minlanadi. Shunga ko'ra bajarilgan ish to'g'risida vaqt-vaqti bilan (tabiatshunoslik darslarida yoki sinfdan tashqari mashg'ulotlarda) hisobot tinglab borish foydalidir. Bunda har bir individual ishning natijalari barcha o'quvchilarning boyligi bo'lib qoladi. Bunday hisobotlar sinfda tashqari ishlarga qiziqishni rag'batlantiradi, o'qituvchining tabiatga oid bilimini to'ldiradi va kengaytiradi, ularni sinfdan tashqar ishlarning barcha shakllarida faol qatnashishlariga olib keladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin