Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə13/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Ommaviy ishlar. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ommaviy ishlar ekskursiyalar, tanlovlar, diapozitiv va kino filmlami ko'rsatish bilan birga tematik kechalar, har xil tadbirlar (qushlar kuni, gullar, daraxtlar o'tqazish, Hosil bayramlari va boshqalar)ni ham o'z ichiga oladi.Ulardan maqsad — sinfdan tashqari ishlarga iloji boricha ko'proq o'quvchilarni jalb etish, ulardan qatnashishga ishtiyoq va xohishni uyg'otish, bolalar faolligini yo'lga qo'yish, ularni ijtimoiy-foydali ishlarga yo'naltirish, bolalarda tashkilotchilik qobihyatlarini aniqlash va rivojlantirishdir.Ommaviy ishlar uzoq va puxta tayyorgarlikni talab qiladi. U yoki bu tadbirni o'tkazish uchun oldindan uncha katta bo'lmagan tashabbuskorlar guruhini tanlash va reja ishlab chiqish,topshiriqlarni hamma qatnashchilarga taqsimlash kerak. Guruhning har bir a’zosi o'z zimmasiga rejaning muayyan bo'limini bajarish mas’uliyatini oladi. Chunonchi, ≪Bahor keldi≫ nomli bayram tadbiriga tayyorlanishda o'quvchilardan biri bahor to'g'risida axborot beradi, boshqasi — otaliqqa olingan sinf bilan badiiy havaskorlikni uyushtiradi, uchinchisi — ijrochilar uchun kiyim-kechak, to'rtinchisi — devoriy gazeta tayyorlaydi va hokazo.
Tadbirga tayyorlanish tabiat to'g'risidagi o‘z bilimlarini kuzatishlar yoki kitoblarni o'qish yordamida to'ldirish zarurati bilan bog'liq bo'lishi lozim. Chunonchi, bahor (ochiq kunlar, o'simlik va hayvonlaming uyg'onishi, qushlaming uchib kelishi) to'g'risidagi bayon (axborot)ni tayyorlash kuzatishlar va tabiatdagi bahorgi o'zgarishlar to'g'risidagi adabiyot o'qish bilan bog'liqdir. Tadbir rejada belgilangan vaqtda barcha o'quvchilarning faol ishtirokida o'tkazilishi kerak (Ota-onalar ham taklif qilinishi mumkin).Uyushqoqlik, chiroyli rasmiylashtirish (bezatish), yorqin chiqishlar shunday tadbirlarning uzviy qismlaridir. Ular ishtirokchilar xotirasida kechinmalarni saqlovchi va tabiatni o'rganish hamda muhofaza qilish bo'yicha ishlarni chuqurlashtirish uchun rag'bat bo'lib xizmat qiluvchi hissiy ko'tarinkilikni vujudga keltiradi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin