Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Psixikani rivojlanish bosqichlari. Xatti –harakat shakllari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə6/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Psixikani rivojlanish bosqichlari. Xatti –harakat shakllari.
Uzoq vaqtlar davomida psixologiya tabiiy, ijtimoiy fanlardan ajratilib o’rganiladigan ilm sohasi sifatida qaralgan. Buning asosiy sababi shundaki, o’sha paytlarda psixologiya, inson ruhi idealistik nuqtai nazaridan talqin etilgan. Psixologiya oldida turgan asosiy vazifa asosan inson ichki olamini o’rganish bo’lib, bu ichki olamga tashqi dunyoga aloqasiz ravishda organizm ichida paydo bo’ladigan ichkarida kechadigan jarayonlar, holatlar sifatida talqin etilgan. Masaslan R.Dekartning ta’kidlashicha, insonning o’zini o’zi anglashi uning ruhiy hayotiga xos bo’lgan narsa bo’lib barcha psixik kechinmalarning murakkabligi faqat ana shu ichki jarayonlargagina bog’liqdir.
O’tgan asrda ana shu ichki olamni tashqi olamga qarshi qo’yib, uni ajratgan holda talqin etish g’oyalariga qarshi kurash avj olib ketgan edi bundan 100 yilcha muqaddam I.M.Sechenov tomonidan his etiladigan va amalga oshiriladigan psixologik faoliyatlarning o’rganishi kerak deb aytadi.
I.M.Sechenov tomonidan taklif qilingan reflektor nazariya konsepsiyasi dualizm qarashlarini psixik hayotga tadbiq etish bo’yicha birinchi ilmiy qarash bo’lmagan.
Psixologiyan tabiat va jamiyat haqidagi fan sifatida joriy qilish sobiq sovet psixologlarining asosiy maqsadlaridan biri bo’lgan.
Chet el psixologlarining ishida psixologiya ichki dunyo haqidagi fan sifatida emas balki, tashqi ko’rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan. Psixologiyani ruhiy hayotning o’ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat rivojlanishi natijasi sifatida, unda organizmning atrof muhit bilan faol o’zaro aloqaga kirishadi, unda u o’z o’rnini topishga intiladi. Bunday aks ettirish jarayonida, atrof muhitning ta’siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi. Bu holat esa psixikaning ichki dunyo haqidagi fan tushunchasini yo’qotgan va buning natijasida evolyusion rivojlanish vujudga keladi. Psixik jarayonlar shu tariqa o’rganish obyekti bo’lib qolgan.
Chet el psixologlarining fikriga ko’ra psixika hayot faoliyatida vujudga kelmay, balki organizmning hayot faoliyatini ma’lum shart sharoitlarda vujudga keltiradi. Masalan: notirik tabiatda alohida buyumlarning o’zaro aloqasi mavjud. Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi qoya suvdan mustaqil ravishda bo’lishi mumkin, suv qirg’oqdan mustaqil ravishda mavjud bo’lishi mumkin. Masalan: kerosinda mavjud bo’lgan kakliy ochiq havoga qo’yilganda uchib ketishi mumkin. Yerning rivojlanishi jarayonida juda murakkab qo’shilishlar vujudga kelgan. Bu katta molekulalar konservatlar deb atalgan. Ularning asosiy xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda almashinuvi ko’proq bo’lar ekan. Bu molekulalar yangi moddalarni qabul qilib, o’zlashtirishi tashqi olam maxsulotlarini sochishi kerak. Shu tariqa o’sha katta molekulalar atrof muhitda moddalar almashinuvi uchun kerak. Moddalar almashinuvi pavssiv jarayon hisoblanmaydi. U oqsil molekulalarning hayotiy faoliyat jarayonini amalga oshiradi. Shu tariqa tirik hayot vujudga keladi. Bu hayotda mayda organizmlar vujudga keladi. Bu to’qimalarning mavjudligining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moddlarga qo’zg’ovchilarni har doim topa oladilar. Shu darajada ham tirik moddalarda ehtiyojlar paydo bo’la boshlagan. Hamma tashqi olam ko’rinishidan hayotni qo’llash uchun biotik ta’sir va mavjud bo’lmagan abiotik ta’sir mavjud edi. Agar biz hayot evolyusiyasini diqqat bilan kuzatsak, ularni ma’lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich bu o’simliklar olami. Bu forma evolyusiyaning hamma bosqichlarida uchraydi. Sodda bir to’qimali suv o’tlaridan tortib, to zamonaviy o’simliklarga qadar.
Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga ko’ra o’simliklar olamining o’ziga xosligi shundan iboratki, ular ma’lum bir joyga bog’langanlar, harakat qilmaydilar. O’simliklar olami ma’lum bir moddalar almashinuvida to’xtaydi. O’simliklarning xayot faoliyati biotik omillarga bog’liq holda amalga oshiriladi. O’simliklar ma’lum bir sharoitlarga nisbatan sezuvchan bo’lib qoladilar. Demak o’simliklar ham o’z ehtiyojlariga egadirlar. O’simliklar ularga ta’sir qilagan omillarga nisbatan ta’sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O’simliklar ma’lum bir xududga bog’langandirlar, undan ortiqcha harakat qilmaydilar. O’simliklar yorug’likka, haroratga, kimyoviy ta’sirlarga nisbatan ta’sir berish xususiyatlariga egadirlar. Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi.
Tropizmlar fototropizm (yorug’likka javob), termotropizm (haroratga), geotropizm (yer markaziga intilishi), xemotropizm (kimyoviy ta’sirlarga) larga bo’linadilar. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tropizmlar ijobiy (taassurot kelgan yo’nalishga qarab intilish) yoki salbiy (zararli taassurotlarga intilish) xarakterga ega bo’lishi mumkin.
O’simliklar dunyosidan farq qiluvchi bosqich bu hayvonot olami hisoblanadi. Hayvonot olamining o’simliklar dunyosidan farqlanuvchi xususiyatlari bu hayvonlarda harakatning mavjudligidir. Bu ba’zida yetarli xisoblanmaydi, chunki ba’zi bir o’simliklar harakatlanish xususiyatlariga egadirlar. Masalan kungaboqar yoki pashsha yutuvchi o’simlik, kungaboqar quyoshga qarab harakatlansa, pashsha yutuvchi pashshalarga qarab harakatlanadi. Lekin bundaay harakatlar hayvonlarning xatti harakatlaridan farqlanadi. Hayvonlarning xarakati faol xarakterga ega. O’simliklar dunyosidan hayvonot dunyosiga o’tishdagi yangilik bu hayvonlarda yangi qo’zg’atuvchining ko’rinishi vujudga kelishidir. Hattoki eng sodda tuzilgan hayvonlar ham biotik qo’zg’atuvchilarni paydo bo’lishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A.N.Leontyev talqiniga ko’ra sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo bo’lishi yangi xususiyatlardan biri hisoblanadi va bu esa yangi organizmlarni vujudga keltiradi, bu holat esa psixikaning vujudga kelishining asosiy omili hisoblanadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin