Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


Kislorodning oksidlovchilik xossasi



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə38/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

2. Kislorodning oksidlovchilik xossasi
2. v) va g) tajribalar uchun ikkita bankaga gazometrdan havoni siqib chiqarish usulini qo‘llab (rasm 45, a), gaz yig‘ing. 2 g) tajriba uchun banka tubiga oldinroq ozroq qum soling.
a) Temir qoshiqchaga oltingugurtning kichikroq bo‘lagidan soling, uni gaz alangasida yoqing va kislorodli idishga sekin tushiring (rasm 64). Oltingugurtning havoda va kislorodda yonishini solishtiring. Yondirilganidan so‘ng oltingugurtning yonish mahsulotini suvda eritish maqsadida idishga ozroq suv soling, idish og‘zini berkiting va yaxshilab chayqating.
b) Xuddi shunday tajribani oltingugurt o‘rniga qizil fosfor olib, qaytaring.
v) Kislorodli idishga oldindan yondirilgan magniy lentasini temir qisqich bilan ushlagan holda tushiring (yonib turgan magniyga uzoq vaqt qaramang, bu ko‘z uchun zarar!). Yonish tugaganidan so‘ng idishga suv soling va idish og‘zini yopib, uni chayqating.

Rasm. 64. Moddalarni kisloroda yonishi.

Oltingugurt, fosfor va magniyning yonish mahsulotlari qanday birikmalar sinfiga mansub? Bu moddalarni suv bilan reaksiyasida qanday moddalar hosil bo‘ladi? Tahminingizni indikator yordamida sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamalarini yozing.


g) Po‘lat simning uchiga kichik cho‘p bilan bog‘langan kichkina ko‘mir bo‘lakchasini o‘rnating. Ko‘mirni gaz alangasida qizdiring va kislorodli idishga tushiring. Temirni kislorodda yonishini kuzating. Fe3O4 hosil bo‘lishini inobatga olgan holda reaksiya tenglamasini yozing.
d) Quruq probirka olib, uni 1G‘5 qismigacha KNO3 bilan to‘ldiring. Uni metall tub ustida shtativga tik holatda o‘rnating va tuzni eriguncha qizdiring (ishqoriy va ishqoriy-er metallarining nitratlari suyuqlanayotib, nitritlarga va kislorodga parchalanadi). Suyuqlanma massasidan gaz puffakchalari chiqa boshlagach, qisqichda ko‘mir bo‘lagini qizdiring va probirkaga tashlang (rasm 65). Qizdirishni to‘xtating. Ko‘mirni ajralib chiqayotgan kislorodda yonishini ehtiyotlik bilan kuzating. Ko‘mir yonib bo‘lganidan so‘ng probirkaga oltingugurt bo‘lakchasidan tashlang. Oltingugurtni atomar va molekulyar kislorodda yonish farqini kuzating.



Rasm 65. Selitra suyuqnmasida ko‘mirning yonishi.

e) Almashinish reaksiyasi yordamida Mn(OH)2 cho‘kmasini hosil qiling. Uning rangiga e’tibor bering. Hosil qilingan suspenziyaga asta-sekinlik bilan gazometrdan kislorodni cho‘kmaning rangi o‘zgarguncha o‘tkazing. Reaksiya tenglamasini yozing. Sekin oksidlanish va yonish jarayonlarning farqi nimadan iborat?



Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin