Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə48/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

4. Ammoniy ioniga reaksiya

Probirkaga ammoniy tuzining eritmasidan ozroq soling (masalan NH4CI), 1-2 ml NaOH eritmasidan soling va qizdiring. Probirka og‘ziga namlangan indikator qog‘ozini uning devorlariga tekkizmay tuting. Uning rangi qanday o‘zgaradi? Reaksiya tenglamasini yozing.


Barcha gazlar orasida suv bilan faqatgina ammiak ishqor hosil qilganligi uchun unda indikator rangining o‘zgarishi eritmada NH4Q ioni borligidan darak beradi.
Agar chiqayotgan ammiakning xajmi ko‘p bo‘lsa, uni xididan ham aniqlash mumkin.


5. Ammoniy tuzlarining termik parchalanishi.
( b) va v) tajribalarni mo‘rili shkafda o‘tkazing).
a) Shisha nayning (uzunligi 20-25 sm.) o‘rtasiga 3-4 sm qalinlikda shisha tayoqcha yordamida presslangan NH4CL tuzidan joylashtiring. Trubkaning ikkala tomoniga ham namlangan indikator qog‘ozidan qo‘ying. Trubkani shtativga yonboshlatib o‘rnating va tuzning past qismidan (77-rasm) indikatorning birortasini rangi o‘zgargunga qadar qizdiring. Qanday gazning tasiridan bunday o‘zgarish sodir bo‘ldi. Bu gazlarning ajralishi nima bilan tushuntiriladi. Ammoniy xloridning parchalanish reaksiyasini yozing.
b) Tigel qopqog‘iga ammoniy sulfatning bir nechta kristallidan soling va setkada qizdiring. Ammoniy sulfat 3570S da suyuqlanib, ammiak ajratib parchalanadi. Suyulgan massa ammoniy gidrosulfat va ammoniy sulfatlar aralashmasidan iborat bo‘ladi. Tegishli tajribani o‘tkazib ammiak ajralishini aniqlang. Ammoniy sulfatning parchalanish reaksiyasi tenglamasini yozing.
v) Tigel qopqog‘iga ammoniy nitratning bir necha kristallidan soling va asta-sekinlik bilan mo‘rili shkafning oynalarini tushirilgan holda setkada qizdiring. Barcha kristallar parchalanib bo‘lganidan so‘ng tigel qopqog‘ida biror xil modda qoladimi. Reaksiya tenglamasini va elektronlarning o‘tish sxemasini yozing.
a), b) va v) tajribalarini o‘zaro taqqoslang va ammoniy tuzlarining parchalanishiga anionning qanday tasir etishini tushuntiring.

Rasm. 77. Ammoniy xloridning termik parchalanishi.



Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin