1.“Va” mantiqiy elementini ba’zan “hammasi yoki hech narsa” elementi deb ham yuritiladi.
1.“Va” mantiqiy elementini ba’zan “hammasi yoki hech narsa” elementi deb ham yuritiladi.
Agar zanjirda A va B kalitlar ketma-ket ulangan bo‘lsa, u holda C zanjirda lampa yonishi uchun A va B kalitlarning ikkalasi ham yopilishi kerak, ya’ni А=1 va В=1 bo’lishi kerak. Kon’yunktsiya xuddi shu xossalarga ega.
Demak, “va” mantiqiy elementining ishlash printsipi kon’yunktsiya bilan bir xilda ekan.
“Va” mantiqiy elementining sxematik tasvirida ikkita kirish, bitta chiqish bo’lib, u quyidagicha: “Va” mantiqiy elementi uchun kiritilgan belgilash A va B kirish signallari “va” mantiqiy funktsiyasi bilan bog‘langan bo‘lib, chiqishda Y signal paydo bo‘ladi” deb o‘qiladi.

Ushbu tasdiqning qisqartirilgan ifodasi Bul ifodasi deyiladi. Bul ifodasi – universal til bo‘lib, injenerlar va texnik xodimlar tomonidan raqamli texnikada keng qo‘llaniladi.
2.“Yoki” mantiqiy elementini ba’zan “hech bo‘lmasa birortasi yoki hammasi” deb ham yuritiladi.
2.“Yoki” mantiqiy elementini ba’zan “hech bo‘lmasa birortasi yoki hammasi” deb ham yuritiladi.
Oddiy o‘chirib-yoqgichlar yordamida “yoki” mantiqiy elementining ishlash printsipini quyidagicha tushuntirish mumkin: C zanjirda A va B kalitlar parallel ulangan bo‘lsa, “yoki” mantiqiy elementi ishlaydi:
Chizmadan ko’rinadiki, kalitlarning hech bo‘lmaganda bittasini yoki ikkalasini ham yopganda L1 lampa yonadi.
“Yoki” mantiqiy elementi sxematik ko’rinishi quyidagicha:
“Yoki” mantiqiy elementi sxematik ko’rinishi quyidagicha: