Analiz. Analiz masalasi – bu ikkinchi bosqichning teskarisi hisoblanadi,
ya`ni berilgan mantiqiy sxema bo’yicha matematik ifodani tuzish va tadqiq qilish.
Bizni bu uchta bosqichdan ikkinchisi ko’proq qiziqtiradi. Shuning uchun
har doim sintez masalasini yechishda biror mantiqiy funktsiya berilgan bo’ladi, maqsad chiqishda berilgan mantiqiy funktsiya α ning vazifasini bajaruvchi mantiqiy zanjir sxemasini tuzishdan iborat.
Bundan keyin mantiqiy zanjir sxemasi deganda „va“, „yoki“, „emas“ Bul algebrasi bazislari orqali hosil qilingan sxemani tushunamiz.
Mukammal diz’yunktiv normal shakllarni minimallashtirishda Bul ifodalarida bir-biriga qo’shni hadlarni topish va bu hadlarni birlashtirish katta mehnat talab qiladi. Bu esa soddalashtirishda analitik usulning kamchiligi hisoblanadi.
Amaliyotda mantiq funktsiyalarini minimallashtirish uchun mantiqiy o’zgaruvchilar soni kamroq bo’lsa, jadval usuli birmuncha qulay hisoblanadi.