Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda ishtirok etuvchi davlat idoralari. Reja


Sog’liqni saqlash muassasalari tizimida jismoniy tarbiya va sportni



Yüklə 27,51 Kb.
səhifə2/6
tarix01.04.2023
ölçüsü27,51 Kb.
#92249
1   2   3   4   5   6
Mavzu Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda ishtirok etuvchi

Sog’liqni saqlash muassasalari tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish. Aholining sog’lig’inn nazorat va muhofaza qilish,

«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagn faoliyatlar

Sog’liqni saqlash muassasalari tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish. Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish
Sog’liqni saqlash vazirligi keng tarmoqli tizimlar-dan hisoblanadi. Uning tarkibida quyidagi o’quv va davo-lash muassasalari mavjud;

  1. Oliy va o’rta tibbiyot o’quv yurtlari.


  2. SHifoxonalar, davolash markazlari.


  3. Poliklinikalar.


  4. Sanatoriyalar va aholi sog’ligini qayta tiklash, da-volash markazlari.


  5. Ilmiy-tadqiqot institutlari, markaziy laborato-riyalar.


  6. O’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari tarki-bidagi tibbiy yordam bo’limlari.


  7. Jismoniy tarbiya dispanserlari va hokazolar.


Bularni tashkiliy jihatdan asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin:




  1. barcha tur va toifadagi tibbiy o’quv yurtlarida jis-moniy tarbiya darslari, sog’lomlashtiruvchi mashg’ulotlar hamda sport tadbirlarini tashkil qilish.


  2. bemorlarni jismoniy tarbiya vositalari yordamida davolash hamda sportchilar salomatligini kuzatish, nazorat qilish, jarohatlarni davolashni uyushtirish va hokazo.


Yuqorida qayd etilgan sohalar va tizimlar Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyat va yirik shaharlardagi uning boshqarma yoki bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.


Tibbiyot bilim yurtlari, litsey va kollejlar hamda institutlardagi o’quvchi-yoshlar va talabalar jismoniy tar-biyaning umumtalab me’yorlarini darslarda, ommaviy sport tadbirlarida bajarib boradilar. SHu bilan birga, jismo-niy tarbiya, sport, sayohat, xalq milliy o’yinlari va tabi-atni sog’lomlashtiruvchi omillari: suv, havo, quyosh va bo-shqalar bilan davolash usullarini egallaydilar.
SHifoxona, davolash muassasalari va markazlarda shi-fokorlar tomonidan bemorlarni jismoniy mashqlar yordamida davolash faoliyatlari amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish korxonalari, o’quv yurtlari va turli muassasalar tarkibidagi tibbiy punktlar shifokori xo-dimlar va o’quvchi-yoshlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, ularning salomatligini kuzatish, zarur bo’lganda tibbiy yordam ko’rsatish va nihoyat salomatlik haqida targ’ibot ishlarini olib borish bilan shug’ullanadilar.
Sog’lomlashtiruvchi tibbiy markazlar, jismoniy tar-biya dispanserlarida sog’lomlashtiruvchi guruhlar va sport jamoalarida shug’ullanuvchilarning jismoniy tayyorgar-ligi, rivojlanishi ustidan nazorat, ko’rik, sinov-taj-riba ishlari olib boriladi.
Umuman olganda, tibbiyot tizimidagi davolash muassa-salari hamda sanatoriya-kurortlarda bemorlarga tibbiy yordam berish, ularning sog’ligini tiklash va mehnat fao-liyatiga qaytarishda juda katta mahorat ko’rsatilmoqda.
Tibbiyot tizimi va shifokorlar oldida «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturida qo’yilgan vazifalarni astoydil, qunt va halol mehnat bilan ado ztish burchi turadi. Bu, o’z navbatida, sog’lom avlodni tarbiyalash, onalar va bola-larning salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarga chalinishning oldini olish bilan bog’liq g’oyat muhim mu-. ammolarni hal qilishni taqozo etadi.
«Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Sog’liqni saqlash to’g’risida»gi qonunlar asosida Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi mutaxassislar Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi tizimidagi tashkilotlar, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarmog’i-dagi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari bilan o’z faoliyatlarini hamkorlik asosiga qurgan holda ish olib boradilar.



Yüklə 27,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin