Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Pedagogik texnologiyalar darajalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə41/67
tarix01.02.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#51929
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

2.3. Pedagogik texnologiyalar darajalari.

“Pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida uchta tartib bilan bir-biriga bog’liq darajalarda ishlatiladi.

1. Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umum­didak­tik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta’limning ma’lum bosqichida ushbu region, o’quv yurtida yaxlit ta’lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda peda­go­gik texnologiya pedagogik tizimga o’xshashdir: unga o’qitishning maqsadlari, mazmuni, vosita va metodlari to’plami, faoliyat ob’ekti va sub’ekti algoritmi kiradi.

2. Xususiy metodik (fan) darajasi: xususiy metodik pedagogik texnologiya “xususiy metodik” ko’rinishida qo’llaniladi, ya’ni bir fan, sinf, o’qituvchi doirasida o’qitish va tarbiyalash ma’lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to’plami sifatida ishlatiladi.

3. Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o’quv-tarbiyaviy jarayon­ning alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).

Bundan tashqari texnologik mikrostrukturalarni ham ko’rsatdilar: usullar, qismlar, elementlar va boshqalar. Texnologik mantiqiy tizimga tizilar ekan ular yaxlit pedagogik texnologiyani tashkil etadilar.




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin