Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Pedagogik texnologiyalarni rasmiylashtirish usullari va tuzilishi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə42/67
tarix01.02.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#51929
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67
kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

2.4. Pedagogik texnologiyalarni rasmiylashtirish usullari va tuzilishi

Texnologik sxema – texnologik jarayonni shartli ravishda tasvirlash, ularni alohida qismlarga ajratish va ular orasidagi mantiqiy bog’liqliklarni ko’rsatish.

Texnologik xarita - qadamma-qadam, bosqichma-bosqich harakatlar ketma-ketligi ko’rinishida (ko’pincha grafik shaklda) qo’llaniladigan vositalarni ko’rsatib jarayonni tasvirlash.

Texnologik nyuanslar. Adabiyotlarda va maktablar ishlari amaliyotida pedagogik texnologiya termini pedagogik tizim tushunchasi sinoniumi sifatida qo’llaniladi. Sistema tushunchasi texnologiya tushunchasidan ko’ra kengroq bo’lib, faoliyatning ob’ekti va sub’ektlarini ham o’z ichiga oladi.

Texnologiya metodikasidan natijalarining mustahkamligi, qayta yangi­lanishi, ko’plab “agarda” ikkilanishlarining yo’qligi bilan farq qiladi (agarda iste’dodli o’quvchi bo’lganida, agarda qobiliyatli bolalar, agarda ota-onalar...).

Texnologiyalar va metodikalarning aralashtirib yuborilishi ba’zan metodika texnologiya tarkibiga kirishiga, ba’zan esa aksincha, u yoki bu texnologiyalar - o’qitish metodikasi tarkibiga kirishiga olib keladi.

1-ma’ruzada pedagogik texnologiya haqidagi tushunchalardan texnologiya o’quv jarayoni - o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, uning tuzilishi, vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog’liqdir. SHuning uchun pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi:

1. Kontseptual asosi.

2. O’qitishning mazmunli qismi:

- o’qitish maqsadlari – umumiy va xususiy, aniq;

- o’quv materiali mazmuni.

3. Protsessual qismi – texnologik jarayon:

- o’quv jarayonini tashkil etish;

- o’quvchilar o’quv faoliyati metodlari va shakllari;

- materiallarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish bo’yicha o’qituvchining faoliyati;

- o’quv jarayoni diagnostikasi.




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin