Reja:
Asosiy kognitiv jarayonlar (sensatsiya va idrok, diqqat, ichki xotira, fikrlash va mulohaza yuritish)
Metakognitiv va kognitiv strategiyalar.
Axborotni qayta ishlash nazariyalariga ijtimoiy-madaniy elementni qo‘shish.
Dunyo haqidagi bolalar nazariyalari.
Kognitiv rivojlanishga zamonaviy yondashuv: taqqoslash va tanqid qilish.
Axborotni qayta ishlashda istisnolar.
Asosiy tushunchalar
Axborotni qayta ishlash nazariyalari (information processing theories)
Hissiy registr (sensory register)
Ishlaydigan xotira (working memory)
Uzoq muddatli xotira (long-term memory)
Markaziy ijro etuvchi hokimiyat (central executive)
Avtomatlashtirish (automatization)
Bolalar amneziyasi (infantile amnesia)
Bilimlar bazasi (knowledge base)
Sxema (schema)
Belgi (symbol)
Kognitiv strategiya (cognitive strategy)
Mashq qilish (rehearsal)
Tashkilot (organization)
Metakognitiv ong (metacognitive awareness)
Epistemik e`tiqod (epistemic belief)
Ijtimoiy yo`naltirish (social referencing)
Konseptual o`zgarish (conceptual change)
Natizm (nativism)
Giperaktivlikning buzilishi (attention-defi cit hyperactivity disorder)
7.1. Asosiy kognitiv jarayonlar (sensatsiya va idrok, diqqat, ichki xotira, fikrlash va mulohaza yuritish)
Shubhasiz, bolalar yoshi ulg'aygan sayin yozish texnikasi (imlo, punktuatsiya va katta harflar bilan yozish) va O`zbekiston tarixi haqidagi bilimlari osha boradi. Ammo agar siz bolalar yozgan insholarga diqqat bilan qarasangiz, bolalar yozuvidagi o'zgarishlar va tarixni qaydarajada bilishlarining guvohi bo`lasiz. Uchinchi sinf o'quvchisi millat tarixini o'zaro bog'liq bo'lmagan faktlar bilan ta'riflagan bo'lsa, oltinchi va sakkizinchi sinf o'quvchilari o'rgangan narsalarini bir-biriga bog`liq holatda bayon qilganlar.
Ushbu bobda bizning e'tiborimiz bolalar tafakkuri bo'yicha zamonaviy tadqiqotlarga qaratilgan. Siz ko`rib o`tganingizdek, bugungi rivojlanish olimlari Piaje va Vigotskiyning asosli ilmiy-tadqiqot ishlariga asoslanadi. Jumladan, zamonaviy nazariyotchilar ham bolalar o'z olamlarini faol ravishda anglab yetadilar deb o'ylashadi. Ammo Piaje va Vigotskiyning ishlaridan farqli o'laroq, zamonaviy nazariyotchilar aniqroq tadqiqot usullarini qo'llash orqali doimiy o'zgarishlarni qidirmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |