Mavzu: Xashaki lavlagi morfologiyasi Biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi Reja


Xashaki lavlagini tashqi ko’rinishi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/4
tarix30.03.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#91440
1   2   3   4
lavlagi

Xashaki lavlagini tashqi ko’rinishi.


Xashaki lavlagining 1 t ildizmevasida 120 oziqa birligi, 20-22 kg oqsil, 1 t bargida 100 oziqa birligi 40-42 kg oqsil saqlanadi.
Xashaki lavlagi-Veta vulgaris v.crassa turiga, Sho’radoshlar Chenopodiaceae oilasiga kiradi. Xashaki lavlagi ikki yillik o’simlik bo’lib, birinchi yili barg va sershira ildizmeva hosil qiladi. Xashaki lavlagining ildizmevasi quyidagi shaklda bo’ladi:

    1. Konussimon, oq va pushti rangli, ildizmevaning yer ustida 20% rivojlanadi.

    2. Chiziq - ponasimon, rangi sariq va qizil bo’ladi, ildizmevaning 30% yer ustida rivojlanadi.Xaltasimon, toraygan joyi bor, sariq, sarg’ish - yashil rangli, ildizmevaning 50 % yer ustida joylashadi.

    3. Dumaloq -konussimon, oq rangli, yer ustida 75 % ildizmeva rivojlanadi. Ildizmeva ikkinchi yili poya chiqaradi, gullaydi va urug’ va meva beradi.



Yetishtirish texnologiyasi.
Yerni tayyorlash Kuzda yer 20-25 sm chuqurlikda haydaladi, sho’rlangan yerlar sho’ri yuviladi, erta bahorda borona qilinadi, chizellanadi, mola bosiladi.
Ekish.- mart va aprel oylarida ekiladi. Har gektariga 7-8 kg urug’ sarflanib, qator orasi 60-70 sm, o’simlik orasi 20 sm, ekish chuqurligi 3-4 sm bo’ladi.
Parvarishlash. To’la maysalar ko’karib chiqgandan keyin qator orasiga ishlov beriladi, yagana qilinadi, gektarda 70-75 ming tup o’simlik qoldiriladi. O’suv davrida 2-3 marta qator orasiga ishlov beriladi, 1-2 marta qo’shimcha oziqlantiriladi, 3-4 marta sug’oriladi.
Hosil yig’ish - barg sarg’ayganda ildizmeva kovlab olinadi, barglardan tozalanadi va maxsus ajratilgan maydonlarda saqlanadi. Urug’ yetishtirish texnologiyasi qand lavlaginikiga o’xshash.


Navlar - Xashaki lavlagi navlaridan Uzbekskaya polusaxarnaya, Ekkendorfskaya jeltaya, Ekkendorfskaya, Sariq, Barres, Ideal O‘zbekiston-83 navlari Davlat reyestriga kiritilgan.
Xashaki lavlagi urug‘lari 4-5°C da una boshlaydi. Qiyg‘os unib chiqishi uchun harorat 10°C dan kam bo‘lmasligi lozim. Yer usti qismi 1-2°C sovuqda nobud bo‘ladi. Xashaki lavlagi o‘sishi va rivojlanishining boshlanishida suvga talabchan. O‘zbekistonda faqat sug‘oriladigan yerlarda o‘stiriladi. O‘suv davri 160-180 kun. Qumoq, qumloq tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Botqoq, sho‘r, sho‘rtob, toshloq tuproqlarda yaxshi o‘smaydi. O‘zbekistonda xashaki lavlagining
Xashaki lavlagi qator oralari ishlanadigan, serhosil ekin. U unumdorligi yuqori, g‘ovak, strukturali, tuproq reaktsiyasi neytral bo‘lgan tuproqlarga ekiladi. Xashaki lavlagi g‘o‘za, ko‘p yillik o‘tlar ekilgan maydonlarga hamda kuzgi don ekinlaridan keyin joylashtiriladi.

Xashaki lavlagi 100 s ildizmeva va sliunga muvofiq barglar hosil qilish uchun tuproqdan 25-30 kg azot, 9-10 kg fosfor, 45-50 kg kaliy o‘zlashtiradi. U,


ayniqsa, azotli, kaliyli o‘g‘itlarga talabchan. Ma'danli o‘g‘itlarning yillik me'yori azot 150-200, fosfor 100-120, kaliy 80-100 kg/ga ni tashkil qiladi.
Fosforli, kaliyli o‘g‘itlarning hammasi yerni haydash oldidan solinadi. Azot ekishdan oldin 50 kg/ga, sug‘orishdan oldin ikki marta 50—75 kg/ga
oziqlantirish sifatida beriladi. Organik o‘g‘it, go‘ng gektariga 20-30 t yerni haydash oldidan solinadi. Tuproqni asosiy ishlashda, kuzgi shudgor 30-35
sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Erta bahorda nam saqlash uchun kuzgi shudgor boronalanadi, ekish oldidan chizellanadi, boronalanadi, mola bosiladi.
Hosilni yig‘ishtirish iyul oxirida, avgust boshlarida tugallanadi. Hosil yig‘ishtirilishi bilan kulьtivatsiya qilinadi va bir yo‘la gektariga 100-110
kg azot solinib, sug‘oriladi. Natijada o‘simlik tez tiklanadi, ildizlar tez kattalashadi. Oktyabr oyining oxirigacha 3-4 sug‘orish o‘tkaziladi, begona
o‘tlar yo‘qotilib, qator oralari sug‘orishlardan keyin yer yetilishi bilan kulьtivatsiya qilinadi.
Ildizmevani yig‘ishtiradigan maxsus kombaynlar bo‘lmasa, hosil g‘o‘zani korchevka qiladigan agregatlar yordamida kovlanadi. Bunda korchevkani ishlatish
chuqurligi sozlanadi. Barglar qo‘l bilan tozalanib, ildizmevalar uyumlanadi va transportlarga ortiladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin