Maxsus fanlarkafedrasi defektologiya asoslari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə51/88
tarix25.02.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#85508
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
6. texnologik

Adabiyotlar ro’yxati:

  1. Sagatov.I Mamaedov Q., Pulatova P. Oligofreno-pedagogika asoslari.T-O’qituvchi.-1994yil.

  2. Raxmonova B.S. Defektologiya va logopediya asoslari.T-1990yil.

  3. Zabramnaya .S.Otbor umstvenno otstalix detey v spesialnoye uchrejdeniye.Pros 1988g.

Internet tarmoqlari
www.ziyonet.uz
(4-ilova)
Mavzu: Psixik rivojlanishi orqada qolish sabablari va turlari.
Reja:

  1. Ruhiy rivojlanishining susayishi turlari.

  2. Psixogen shaklining kelib chiqish sabablari

  3. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun maxsus muassasalar



Tayanch so’z va iboralar: Infaltil, nevrologik, psixogen shakl, serebral – endokren infaltilizm., nevroz, affektiv o’zgarishlar, psixopatik o’zgarishlar, epiliptik buzilishlar, serebral-endokrin infantilizm

Ruhiy rivojlanishining susayishi turlari qo’yidagilardan iborat:



  1. Ruhiy rivojlanish susayishining kontitutsion turi.

  2. Ruhiy rivojlanishi susayishining somatagen turi.

  3. Ruhiy rivojlanishi susayishining psixogen turi.

  4. Ruhiy rivojlanishi susayishining organik serebral turi.

Konstitusional shakli.Infaltil bolalar psixik rivojlanishi bo’yicha o’z tegdoshlaridan orqada qoladilar.
Infaltilizm tug’ma yoki o’sish davridagi xar xil kasalliklar taxsirida kelib chiqadi.Bolalarda infaltilizm yuqimli kasalliklar, ichki sekresiya bezlari, miya kasalliklari, tomirdagi nuqsonlar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Ularning qiziqishlari o’yin faoliyati bilan chegaralanadi.O’yin jarayonida ular o’ziga xizmat qilish malakalarini egallab olsalar ham undan kam foydalanadilar.Mustaqil o’yinlari mazmunli, qizqarli bo’lib, uzoq davom etishi mumkin.Infaltil bolalarning lug’at boyligi yetarlicha bo’lib, ular hikoyaning, ertakning mazmunini tushunib oladilar.Qiynalganda yordamdan yaxshi foydalana oladilar.Infaltil bolalar uchun ayniqsa xulqning murakkab formalarining rivojlanmay qolishi, xarakterlidir.Bunday bolalarda barcha faoliyat turlarining funksional faoligining pasayganigi kuzatiladi. Infaltil bolalar odatda buyi past, gavda tuzilishi noto’g’ri bo’ladi. Ularning ko’pchiligida jinsiy sisitemaning rivojlanmay qolganligi kuzatilib, jinsiy yetilishning orqada qolishi va ikkilamchi jinsiy tomonning rivojlanmay qolishiga olib keladi. Bunday bolalar maktabda o’qishga qiziqmaydilar «ta’lim olish uchun yetilmagan» bo’ladilar.
O’zlashtirmaslik bolaning astenik holatiga ham bog’liq bo’lishi mumkin.Astenik holatni qattiq charchash, ruhiy kechinmalar keltirib chiqaradi.Bunday bolalar o’qish jarayonida tez charchaydilar, bosh og’rig’i, quvvatsizlik natijasida ish qobiliyati pasayadi, xotira, diqqati zaiflashadi.Topshiriqni bajarayotganda e’tiborini bir joyga tuplay olmaydi.Buning natijasida o’qish, yozish, hisoblashda qiyinchiliklar yuzaga keladi.Yozuvda harflarni tashlab ketish, so’zlarni oxirigacha yozmaslik, bug’inlarni tashlab ketish kuzatiladi.Bu bolalarda charchash kuchayib borganda, tinch sharoit bo’lmaganda, sustkashlik, qatiyatsizlik, yig’loqilik, qiziqishning sustligi kuzatiladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning psixogen shaklida bola yoshligidan noqulay, noto’g’ri sharoitda tarbiyalanishidan va shu tarbiyaning salbiy tamonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o’tkazgan bo’ladi. Serebroastenik xolatlarda markaziy nerv sisitemasi tez charchaydi.Nevrologik o’zgarishlar kuzatiladi.
Psixogen shaklining kelib chiqish sabablari:

  • bola tarbiyasi bilan shug’ulanmaslik, burch, mas’uliyat hissining shakllanmasligi, zarur bilim va tasavvurlarning yetishmasligi;

  • bolani haddan tashqari erkalatish;

  • bolaga qupol munosabatda bo’lish, jazolash, ota-onaning majoralari, alkogalizmga ruju qo’yishi;

Psoxogen shaklida bosh miyaning kasalliklariga yaxshi yetilmaganligiga aloqador o’zgarishlar kuzatiladi, ularning his tuyg’u, irodaviy holatlari taraqqiy etmaganligi asosan organik infatilizm tarzida namoyon bo’ladi:

  • ko’tarinki ruhda yuradigan bolalar;

  • kayfiyati o’zgarib, mayus yuradigan bolalar;

  • mustaqil harakat qilaolmaslik, qurqib yuradigan bolalar;

Miyaga aloqador organik xarakterdagi infaltilizm:

  • serebral – endokren infaltilizm. His tuyg’u yaxshi rivojlanmay, nevropatiya holatlari yuzaga keoadi. Yaxshi uxlayolmaydi, ishtahasi bo’lmaydi;

  • serebroastenik holatlar. Tez charchaydi, xotira pasayadi, ta’sirchan bo’ladi;

  • nevrozga yaqin holatlar. Yolg’iz qolishdan, qorog’ulikdan qurqadi. Enurez – markaziy nerv sistemasining vaqtincha o’zgarishlar bo’lganida vujudga keladi. Bunday bolalarda uyatchanlik, tortinchoqlik, ba’zilarida asabiylashish, qurqoqlik kuzatiladi;

  • quzg’aluvchanlik, serharakatlik diqqatning tarqoqligi kuzatiladi;

  • affektiv o’zgarishlar. Atrofdagilar bilan janjalashish, uydan qochib ketish, ko’ngli istagan ishni qilish. Tajavuskorlik qilishga moyillik kuzatiladi, uzoq xafa bo’lib yurish;

  • psixopatik o’zgarishlar. O’g’rilik qilish, yolg’on gapirish, o’qishga salbiy munosabattda bo’lish kuzatiladi;

  • epiliptik buzilishlar. Mayuslik, jahldorlik, yovuzlik, g’arazguylik, o’ch olishga moyillik kuzatiladi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan serebral shakli.
Bosh miya shikastlari, meningit, meningoesefelit, gidrosefaliya va boshqa kasalliklar natijasida kelib chiqadi
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maxsus maktab internatlar, kuni uzaytirilgan maktablar, tenglashtirish sinflari tashkil etilgan.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan alohida ta’lim-tarbiya ishlari olib boriladi.
Psixonevrologik sanotoriyalarida ruhiy rivojlanishida sustlashgan bolalar bilan davolav ishlari olib boriladi.
Ruhan sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarqalgan psixogen shaklida bosh miyaning kasalligiga, yaxshi yetilmaganiga aloqador o’zgarishlar kuzatiladi.Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga kura bunday bolalarning 50 foizida nerv sistemasida organik nuqsonlar bo’ladi.Bu narsa ularning his-tuyg’u, irodaviy holatlari taraqqiy etmaganligiga, asosan organik infantilizm tarzida namoyon bo’ladi. Miyaga aloqador organik infantilizmni ikkiga bo’lishi mumkin:

  1. Kayfi-ruhiyati o’zgarib, aksari, ko’tarinki ruhda bolalar, ularda o’zlaridan yosh bolalarga xos hislatlar saqlangan bo’ladi.

  2. Kuproq kayfiyati past bo’lib mayus tortib yuradigan bolalar, ularda vazifani mustaqil hal qila olmaslik, tashabbus ko’rsata olmaslik, qo’rqish holatlari ko’riladi.

Miyaga aloqador organik xarakterdagi yana shu ikki xil infantilizm ko’p holatlarda qator qo’shimcha hodisalar bilan birga davom etadi.Bularga quyidagilar kiradi:

  1. Serebral-endokrin infantilizm. Bunda asosan ichki sekresiya bezlari faoliyati buzilgan bo’ladi.Natijada bolalarda his-tuyg’ular yaxshi rivojlanmay nevropatiya holatlari yuzaga keladi. Bolaning uyqusi, ishtahasi yaxshi bo’lmaydi, dispepsiya holatlariga moyillik paydo bo’ladi.

  2. Serebrastenik holatlar, bular ham tez-tez uchrab turadi. Markaziy nerv sistemasi tez charchaydi, neyrodinamik o’zgarishlar kuzatiladi. Natijada aqliy qobiliyati susayib, xotira pasayadi, diqqati tarqoq bo’lib qoladi, tez ta’sirlanish, qiz bolalarda yig’loqilik, o’g’il bolalarda xaddan tashqari qo’zg’aluvchanlik kuzatiladi, bola ish qobiliyati past, arzimagan narsaga tez charchaydigan bo’lib qoladi.

  3. Tabiatan nevrozga yaqin holatlar, bular qorong’udan, yakkalikdan qo’rqish, o’zi va atrofdagilar sog’lig’i uchun xavfsirash, giperkinezlar, duduqlanish, enurez, kabi hodisalar bilan birga ifodalanadi.

  4. Psixomotor qo’zg’aluvchanlik – asosan o’g’il bolalarda ko’proq uchraydi. Serharakatlik, diqqatning tarqoqligi,tez chalg’ish bunga xarakterlidir.

  5. Affektiv o’zgarishlar – kayfu-ruhiyatning aytarli sababsiz aynib turishi, tajovuzkorlik qilishga moyil bo’lish bilan xarakterlanadi.

  6. Psixopatik o’zgarishlar – aqliy faoliyatga rag’bat pastligi, o’qishga salbiy munosabatda bo’lish, o’g’rilik qilish(kleptomaniya), ko’proq yolg’on gapirish kabi salbiy xislatlarni o’z ichiga oladi.

  7. Epileptik buzilishlar – har xil ko’rinishlarda tutqanoq tutib turishi bilan namoyon bo’ladi.

  8. Apatik-adinamik buzilishlar – tashabbuskorlik pasayishi, aqliy faoliyat sustligi, xaddan tashqari emosional bo’shanglik bilan xarakterlanadi.

Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari, meningit, meningoensefalit, gidrosefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo’lib hisoblanadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o’qishi pasayib ketadi, biroq bu holat o’z vaqtida va to’g’ri aniqlansa,bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab dasturini o’zlashtira oladilar.
Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir shakllarida bolalarni vaqti-vaqti bilan maxsus psixonevrologik sanatoriylarda davolash foydalidir.Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi.Unda charchash alomatlari paydo bo’lganda, u o’quv mashg’ulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga soddaroq boshqa vazifalar beriladi.Sanatoriyda davolanib kelgandan so’ng bola o’qishni o’z maktabida davom ettiraveradi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun mamlakatimizda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari internatlari, kuni uzaytirilgan maktablarda tenglashtirish sinflari tashkil etilgan.Ushbu masalalarda ta’lim umumta’lim oddiy bog’cha yoki maktab dasturi va darsliklari asosida olib boriladi,himoyalaydigan muloyim davolovchi maxsus tartib tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati, ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bo’lib,bunday bolaga bilim berishda o’qituvchi uning o’ziga xos individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi.
Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi bolalar va o’smirlar gigiyenasi instituti xodimlari, jumladan N.P.Vayzman va boshqa olimlarning o’tkazgan ilmiy tekshirishlari shuni ko’rsatadiki, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o’zlashtirish jihatidan olganda sog’lom va debil bolalar o’rtasida oraliq o’rinda turadi. Bu olimlar tekshirish vaqtida debil va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga bir xildagi topshiriqlarni berib ko’radilar, shunda normal sog’lom bolalar berilgan vazifani to’g’ri tushunib, uni kerakli tartibda bajargan bo’lsalar,debil bolalar vazifani tushunmay, bajara olmaydilar, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar esa xuddi shunday vazifani qisman tushunib, qisman bajarishadi. Demak, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqli zaif, debil bolalarga nisbatan ancha yaxshi tushunadi va bularni bajarish uchun ularda kerakli imkoniyatlar mavjud bo’ladi.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning o’zlashtirish qobiliyati sog’lom tengqurlariga nisbatan past bo’lsa-da, debil bolalarnikidan ancha durust bo’lganligi uchun bunday bolalarni yordamchi maktabga yuborish noto’g’ri, chunki ushbu maktab dasturi ular uchun soddalik qiladi. Ommaviy maktab esa bola uchun zarur bo’lgan sharoitni yaratib (maxsus sinf-tenglashtiruvchi sinf ochib) o’z dasturini o’lashtirishini ta’minlash uchun maxsus yordam ko’rsatishi lozim.
Bog’cha tarbiyachilari va boshlang’ich maktab o’qituvchilari ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning maxsus sharoitda ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak, ularni o’z vaqtida aniqlab, boshqa bolalardan ajratib olib, ota-onalarga mutaxassis psixonevrologlarga murojaat qilishga maslahat berishlari lozim. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan inklyuziv sog’lom tengdoshlari orasida yoki maxsus muassasalarda davolab, himoya etish va ruhiy faoliyatni rostlashni ko’zlab alohida ta’lim-tarbiya ishlari olib boriladi.
(6-ilova )

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin