Baholash ma’lumotlaridan foydalanish manbalari
Natijalar
|
Manbalar
|
Rahbar
|
Hamkasblar
|
Bo’ysunuvchi hodimlar
|
O’z – o’zini baholash
|
Mijozlar
|
Personal bo’yicha qaror qabul qilish
|
+
|
+
|
|
|
|
O’z – o’zini rivojlantirish
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Personal faoliyatni tahlil qilish
|
+
|
+
|
|
|
+
|
Personalni baholashda ekspert xulosalarining ob’ektivligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yuqorida ta’kidlanganidek, u yoki bu xodimning korxona umumiy natijalariga mehnat ulushini uning rahbari baholashi ma’quldir. Biroq rahbar bilan xodim o’rtasidagi doimiy o’zaro munosabatlar muammolarni yuzaga chiqishiga sabab bo’lishiga amaliyotdan ko’pdan-ko’p misollar ketirish mumkin. Ana shunday vaziyatlarda rahbarning xodim mehnat faoliyatini baholashdagi xolisligi shubha tug’dirishi tabiiydir.
Tadqiqotlar xodim bir ish joyida uzoq vaqt davomida ishlayotgan bo’lsa, uning faoliyati yil sayin pastroqbaholanishidan dalolat beradi. Buning sababi shundaki, xodimdan bunday vaziyatda vaqt o’tgan sari o’z ishini tobora tezroqva sifatliroq bajarishiga umid qilinadi. Rahbarning bu umidi oqlanmasa (xodim belgilangan me’yorlar darajasida faoliyat ko’rsatsa ham) u xodim bahosini pasaytiradi. Ba’zan esa rahbarlarni katta mehnat stajiga ega xodimlarda ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy etishga qiziqishlari sustligi ular faoliyatini baholash ballarini kamaytirishga sabab bo’ladi.
Personalni baholash ana shunday sub’ektivizm holatlarini bartaraf etishni taqozo qiladi. Buning uchun, eng avvalo, korxona pirovard maqsadlariga erishishni ta’minlash uchun xodimning qaysi amaliy va shaxsiy sifatlari eng muhimligini aniqlab olish kerak. Hatto jahon tajribasi ham bu masalada to’la yakdillik mavjud emasligidan dalolat berib turibdi. Asosan personalning mehnatga qiziqishi, tashabbuskorligi, diqqat-e’tibori, o’zgarayotgan mehnat sharoitlariga moslasha olishi, mehnatsevarligi, hatto tashqi ko’rinishi kabi sifatlarini baholash taklif etiladi.
Qator kompaniya va firmalarda barcha xizmatchilar, mutaxassislar va rahbarlar faoliyatning aniqbir sohasi uchun zarur bo’lgan muayyan mezon (talab)lar nuqtai nazaridan baholash tartibi joriy etilgan. Ushbu mezonlar ahamiyati jihatidan ekspertlar guruhi tomonidan tabaqalashtiriladi. Shundan so’ng bu mezonlar ahamiyatini hisobga olgan holda har biriga tegishli ball beriladi (jadval).
jadval
Dostları ilə paylaş: |