Mehnatni rag`barlantirish tizimi mavzusida yozgan Mehnatni rag`barlantirish tizimi Reja: kirish



Yüklə 369 Kb.
səhifə1/50
tarix02.01.2022
ölçüsü369 Kb.
#42549
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
TEMURXON


TerDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti

Kadrlar menejmenti yo'nalishi

303-guruh talabasi

Abdujabborov Temurxon

Personal motivatsiyasi fanidan

" Mehnatni rag`barlantirish tizimi"



mavzusida yozgan



Mehnatni rag`barlantirish tizimi
Reja:

KIRISH.

  1. Personal faoliyatini baholashning mohiyati va uning zamonaviy uslublari

  2. Personalni attestatsiyadan o’tkazish

  3. Mehnat motivatsiyasi omillarining moddiy va ma’naviy tuzilishi

  4. Ehtiyojlar va qiziqishlar

  5. Mehnat motivatsiyasini yanada kuchaytirish yo‘llari

XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH.


Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning taqsimlanish

tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo’lib, iqtisodchilar e’tiborini jalb etib hamda ular o’rtasida turli tortishuvlarga sabab bo’lib keladi.

Shunga ko’ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo’lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tgan davrdan to hozirga qadar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida muhim o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Korxonalarda, tashkilotlar va idoralarda mehnatni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish yo’llari muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Xalq turmush farovonligini oshirish Respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadidir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish juda keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimini topishni taqazo qiladi. Ma’lumki, xalq xo’jaligi ishlab chiqarishida, turli sohalar va jamiyat qatlamlarida, ish joylarida korxonalar ishini to’g’ri yo’lga qo’yish, tashkil etish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarga ijtimoiy adolat prinsiplari asosida ish haqi to’lashni tashkillashtirish taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol

o’ynaydi.

Ish haqi - tashkilot xodimlarining asosiy daromad manbai, uning yordami

bilan mehnat va iste'mol o'lchovi nazorat qilinadi. Ish haqi iqtisodiyotni

boshqarishning eng muhim vositasidir, shuning uchun davlat mehnatni tashkil qilish va ish haqining huquqiy asoslariga alohida e'tibor beradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh

maqsadi ham aholining daromadlarini, jumladan ish haqlari miqdorini oshirish hisoblanadi. Bu to’g’risida prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ham quyidagi fikrlarni bildirganlar: “Aholi daromadlarini oshirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Buning uchun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko’plab qonun va qarorlarni qabul qilayapmiz. Lekin, afsuski, ularni ijro qiladigan ko’pgina amaldorlar hali ham eskicha ish uslubi, rasmiyatchilik va befarqlikdan qutulgani yo’q”Mazkur bildirilgan fikrlar mazkur kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyat kasb etishini asoslab beradi.


Kurs  ishining  maqsadi  ish-haqi  bo’yicha  tashkil  etiladigan  jarayonlarda 

yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish  bo’yicha ilmiyamaliy  tavsiya  va  takliflar  ishlab  chiqishdan  iborat.  

Mazkur  maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: 

-  ish-haqi  tushunchasining  mazmun-mohiyatini,  ularning  shakllarini  ochib 

berish;  

- ish-haqini to’lash tartibini va rag’batlantiruvchi to’lovlarni tadqiq etish; 

- ish-haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlarni o’rganish;  

- O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni 

tahlil qilish;  
Kurs ishining ob'ekti mehnat jarayonlarini tashkil etish va ish-haqini to’lash 

bilan bog’liq bo’lgan turlicha qarashlar va nazariyalar hisoblanadi. 

Kurs  ishining  predmeti  mamlakatimizda  ish-haqini  to’lash,  aholi 

daromadlarini  oshirish  hamda  mehnat  jarayonlarini  optimallashtirish  bo’yicha bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi. 

Kurs  ishining  nazariy  va  uslubiy  asoslarini  xorijlik  yetakchi  olimlarning ishhaqi  to’lashni  tartibga  solinishi,  mehnatni  tashkil  etish  jarayonlari  bo’yicha amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi. 
Kurs  ishining  tuzilishi.  Ushbu  Kurs  ishi  kirish,  yetti  bo’lim,  xulosa  va 

takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.  





Yüklə 369 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin