Mehnatni rag`barlantirish tizimi mavzusida yozgan Mehnatni rag`barlantirish tizimi Reja: kirish



Yüklə 369 Kb.
səhifə4/50
tarix02.01.2022
ölçüsü369 Kb.
#42549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
TEMURXON

Baholashning miqdor uslublari xodim sifatlarini son bilan baholashni nazarda tutadi. Ular orasida koeffitsientlar va ballar orqali baholash eng oddiylari, ayni vaqtda samaralilari hisoblanadi. Komp’yuterlar orqali koeffitsient va ballarni tezkor hisoblab chiqish, xodim mehnatini etarli darajada ob’ektiv baholash mumkin. Ushbu uslublarda har bir xodim o’z koeffitsient va ballarini hisoblab chiqishi, ya’ni mehnati natijalarini o’zi baholay olishi mumkinligi ayniqsa e’tiborga sazovordir.

Baholashning aralash uslublari bir yo’la sifat va miqdor uslublarini, maxsus testlarni, ekspert baholarini qo’llashni ko’zda tutadi. (10.1- rasm).

Jumladan, xodimning amaliy, ayniqsa, tashki-lotchilik qobiliyatlarining miqdor ko’rsatkichlari ekspert baholari asosida aniqlanadi. Buninguchun lavozimga nomzodni baholash uchun ishlab chiqarish xususiyatlari va mehnat sharoitini hisobga olgan holda 6-7 ta mezon belgilanadi.



Chunonchi:



  1. Mehnatni tashkil etish va rejalash qobiliyati.

  2. Kasbiy malaka.

  3. Topshirilgan ish uchun mas’uliyat.

  4. Xodimlar bilan o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’yish layoqati.

  5. Yangiliklarni joriy etish qobiliyati.

  6. Mehnatsevarligi va ishchanligi.

Lavozimga nomzodning faoliyatini o’rganish natijasida bu mezonlarning har biri bo’yicha, aytaylik, 5 balli tizim bo’yicha tegishli baho (5 - a’lo, 4 - yaxshi, 3 - qoniqarli, 2 - qoni-qarsiz, 1 - yomon) beriladi. Misol tariqasida nomzodning „Mehnatni tashkil etish va rejalashtirish qobiliyati” mezoni bo’yicha baholash tartibini keltirish mumkin. Agar nomzodga „1” ball berilgan bo’lsa, demak u - ushbu masalalarda o’ta qobiliyatsizdir. „2” ball o’z mehnati va xodimlar faoliyatini tashkil eta olmaydigan, „3” ball - xodimlar faoliyatini tashkil eta oladi, biroq ishni rejalashtirishga qodir emas, „4” ball - o’zining va xodimlarining mehnatini yaxshi tashkil eta oladi, „5” ball - samarali rejalashtirish asosida ishda aniq tartibni yo’lga qo’ya olishini anglatadi.

Nomzodning amaliy sifatlarini baholashda uning ma’lumoti, ish staji va yoshi albatta hisobga olinishi kerak.




Yüklə 369 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin